So’nggi yangiliklar

10:05Расман: МЮ янги бош диреcтор билан шартнома тузди  0 09:38Бугун Ўзбекистон кубогининг нимчорак финал учрашувларига старт берилади  1 09:10Ўйиндан пенальти уролмаган Роналду кечаги қийин ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  12 08:43Расман. Ўзбекистонда ёзги трансфер ойнаси очилди  12 08:18Копа Америка. Уругвай 100 фоизлик натижа кўрсатди, мезбонлар учун мусобақа якунланди  6 07:53Евро-2024. Кечаги учрашувларда кимлар «man of the match» соҳибига айланди?  11 03:15 Евро-2024 1/8 финал. Португалия - Словения 0:0 (Пенальтилар 3:0), Роналдуни йиғлатган ўйин  12 02:40Евро-2024. Кошта Роналду ва Пепени антиқаҳрамон тамғасидан қутқариб қолди — Португалия Словенияни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди  250 02:06Роналду Евро ва ЖЧларда жаримадан 60та зарба берди  8 01:29"Вильярреал" спорт директори: "Гап нима ҳақда?"   11 01:07Аббосбек Файзуллаевнинг "Вильярреал"га ўтаётгани тасдиқланмади  8 00:50Евро-2024 1/8 финал. Франция - Бельгия 1:0, Мусобақадаги тўққизинчи автогол Францияга ғалаба тақдим этди  0 00:24Азиз Ғаниев "Шабаб Ал Аҳли" билан хайрлашди  7 23:38Максим Шацких: "Владимир Назаров атайин шу ўйин учун танланмади"  21 23:35Виталий Левченко: "Қарши ҳужумда ўтказиб юборилган голлар мағлубиятга сабаб бўлди"  19

"Barselona" aql bovar qilmas tarzda o'zgardi. Ammo, bu uchun ko'p pul to'landi Yangiliklar

"Barselona" aql bovar qilmas tarzda o'zgardi. Ammo, bu uchun ko'p pul to'landi

Teglar :  BarselonaXavi
Xavi transfer bozoridagi katta sarflardan so'ng mavsumni muvaffaqiyatsiz mavsum o'tkazishga haqqi yo'q.

"Barselona" yangi mavsumni ajoyib boshladi. Xavi jamoasi La Liganing to'rt turida uchta g'alaba va bitta durang qayd etdi. Faqatgina ilk turdagi "Rayo Valekano" (0:0)ga qarshi o'yindagi omadsizlik maksimum natija ko'rsatishga halaqit berdi.



11:1 to'plar nisbati "Barselona"da hujumda ham, himoyada ham barchasi ajoyib ekanini ko'rsatadi. Jamoa asta-sekin kuchayib, yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Yangilar ro'yxatdan o'tkazildi, futbol sifati ham asta-sekin yaxshilanmoqda. Kataloniyaliklar 4-turda mehmonda mavsum startidagi eng jiddiy raqib bo'lmish "Sevilya" (3:0)ni mag'lub etishdi. Bunga qadar "Valyadolid" (4:0) va "Real Sosedad" (3:0) ham "yakson etilgandi".


Xavi jamoasi chempionat turnir jadvalida"Real" (12 ochko)dan so'ng 10 ochko jamg'argan holda ikkinchi o'rinda bormoqda. Kataloniyaliklar chempionlik uchun kurashda asosiy raqiblari bo'lmish Madrid klubi bilan kurasha olishiga asos bor. "Barsa" 2018/2019 yilgi mavsumdan beri birinchi bor to'rtta o'yindan so'ng kamida 10 ochko to'pladi. Jamoa o'shanda chempion bo'lgandi.


Yangilar tarkibga ajoyib moslashishdi, ammo ular uchun juda ko'p to'landi.



"Bavariya"dan o'tgan forvard Robert Levandovski La Liganing dastlabki to'rt turida beshta gol urdi. Polyak bu bo'yicha Krishtianu Ronaldu (2009) va Radamel Falkao (2011)ning natijasini takrorlagan holda, XXI asrda bu ishni qila olgan uchinchi o'yinchi bo'ldi. Kataloniyada bo'lishni juda ham xohlagan Robertning ko'p narsa vada qiluvchi starti Xavi jamoasiga foyda olib keladi. Yana bir yangi o'yinchi himoyachi Jyul Kunde o'z vazifalarini yaxshi bajarmoqda, shuningdek kutilmaganda o'zining sobiq klubi bo'lmish "Sevilya"ga qarshi ikkita assist qayd etdi. "Barsa" libosida o'sha o'yinda debyut golini vinger Rafinya ham urdi. Tez orada yana boshqa o'yinchilar ham o'zlarini ko'rsatishlari mumkin: Frank Kesse, Andreas Kristensen, Markos Alonso va Ektor Belerin.


"Barselona"ning tarkibi o'tgan yildagidan ancha yaxshilandi. Levandovski, Kunde, Rafinya, Kesse, Kristensen, Alonso va Belerinning kelishi Martin Breytueyt, Serjino Dest, Per-Emerik Obameyang, Samuel Umtiti, Kleman Langle va Dani Alvesdan ko'ra ko'proq sifat beradi.


Endilikda Xavi yangilangan jamoadan o'z yo'lidagi raqiblarni "surib tashlaydigan" ustunlik qiladigan mashina yaratishi kerak. La Ligadagi dastlabki turlardan global xulosalar chiqarishga hali erta. Ulardan faqatgina "Sevilya" jiddiy raqib edi. Tez orada CHempionlar Ligasi boshlanadi va "Barsa"ga "Bavariya" va "Inter" raqib bo'ladi. Bu jamoaning mustahkamligini tekshiruvchi sinov bo'ladi.



SHuni esdan chiqarmaslik kerakki, "Barselona"ning apgreyd narxi juda yuqori bo'lib chiqdi. Yangi o'yinchilarga taxminan 153 million evro sarflandi. Bu Evropadagi oltinchi natija (APL jamoalaridan so'ng). Ispan klublari yozgi transfer oynasida 490,61 million evro sarf qilishdi. Taxminan uchdan bir qismi (31%) "Barsa"ga to'g'ri keladi. Kataloniyadan ketgan o'yinchilardan 35 million evro atrofidagi ishlandi (Filippe Koutinoning "Aston Villa"ga 20 mln evroga sotilishi, Obameyangning "CHelsi"ga 10 mln evroga o'tishi va Fransisku Trinkanning "Sporting"ga 3 mln evroga ijaraga berilishi).


"Barselona"ning harajatlari hali ham daromaddan ancha yuqori. Faqatgina prezident Joan Laporta tomonidan klub telehuquqlari va aktivlari sotilishi, shuningdek, faxriylar Jerar Pike, Jordi Alba va Serxi Robertolarning maoshlari qisqartirilishi va "iqtisodiy dastaklar" deb ataladigan vositalarning faollashtirilishi yangi o'yinchilarni ro'yxatdan o'tkazish va ichki moliyaviy feyr-pley qoidalariga texnik jihatdan rioya qilishga imkon berdi.


Xavi sovrinlar yutishi kerak


Laporta aktivlarni go'zal hayotdan sotishga majbur bo'lmadi. Prezidentga shu erda va hozir natija kerak, shu sabab Xavida katta masuliyat bor. Buni murabbiy yaxshi tushunadi.



"Har kuni bosim his qilaman. Agar g'alaba qozonsang — bu ajoyib, agar yutqazsang — bu sharmandalik va sen deyarli ko'chaga chiqa olmay qolasan. Barchasi yaxshi o'tishi uchun barcha qo'limdan kelganini qilaman. Juda hayajondaman va bu ajoyib mavsum bo'lishi mumkin. Futbol va to'p hal qiluvchi rol o'ynaydi. Barcha sovrinlar uchun kurashamiz. Transfer oynasidan so'ng o'zimni engil his qilyapman. Biz jamoa bo'lib ishladik va ajoyib harakat qildik. Biz hozirgi o'rnimizdan mamnunmiz. Bizda barcha sovrinlar uchun kurasha oladigan tarkib bor. Endi biz buni maydonda isbotlashimiz kerak", — deydi Xavi.


Xavidan nafaqat barcha sovrinlarga kurash, balki g'oliblik kutishmoqda. Albatta, bir vaqtning o'zida La Liga, CHempionlar Ligasi va Ispaniya Kubogida g'alaba qozonish dargumon. Barcha frontda mag'lubiyatga uchramaslik — murabbiy uchun minimum vazifa. Hozirgi "Barselona" uchun muvaffaqiyatli mavsum tushunchasi bo'shroq narsadek tuyulishi mumkin. Ammo, Ispaniyada "Real"ni chempionlik taxtidan ajdarish majburiy vazifalar ro'yxatidan bo'lishi shart. CHempionlar Ligasida "Bavariya" va "Inter" bor guruhdan chiqishning o'zi etarli emas. Ideali musobaqani yutish va 100 mln evrolik sovringa ega chiqish. Ammo, bosslarni yarim finalga chiqish ham qoniqtirishi mumkin — boshqa fronlardagi muvaffaqiyat sharti bilan.


O'tgan mavsum Xavi aniq o'yin uslubiga ega bo'lmagan notinch va turg'un jamoani qabul qilib olgandi. SHu sabab sovrinlar bo'lmagan jiddiy qabul qilinmadi.



Hozir esa vaziyat o'zgargan. "Barselona" tarkibni kuchaytirish uchun juda ko'p pul to'ladi. Murabbiyning muvaffaqiyatsizlikka uchrashga haqqi yo'q, yo'qsa ishdan ketadi. Xavining maksimal vazifalarga dosh berishi — Evropa futbolchining 2022/2023 yilgi mavsum asosiy intrigalaridan biriga aylanadi.


Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика