So’nggi yangiliklar

23:45Неъматилло Қуттибоев: "Захирадан тушган футболчилар биз ўйлагандек ўйинни кучайтира олишмади"  0 23:23Элдор Мойлиев: "2003-2004 йилда туғилган футболчини ёш ҳам деб бўлмайди"  0 23:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Видад Касабланка"ни мағлубиятга учратди. Ҳусанов ўйнамади  30 22:55Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" – "Ал Ҳилол". Таркиблар аниқ!  23 22:30Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" пенальтилар сериясида "Қўқон-1912"ни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди  12 21:58U21 биринчилиги. Дербида "Пахтакор" ғолиб, "Навбаҳор" Қаршида ғалабага эришди ва бошқа натижалар (+ЖАДВАЛ)  2 21:54Бўш стадионлар борасидаги эътирозлар фонида ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ чипталари сотуви жуда яхши кетаётгани ҳақида хабар берди  1 21:14Решфорд "Барса"да ўйнаш учун маошини қисқартиришга ҳам тайёр  0 20:21Фабио Каннаваро ЦСКА бош мураббийига айланиши мумкин  4 19:28Ичкарида ким ўтирибди? Ўқитувчилар? Чиқар ҳаммасини ташқарига!   11 19:22"Арсенал" Родриго билан боғланди. "Реал" вингер учун 90 миллион евро сўраяпти  1 18:4059 ёшли дунёнинг энг кекса профессионал футболчиси билан интервью: "Ўзимга чеклов қўймайман"  0 18:03Капелло: "Бу Италия терма жамоасида "дух" йўқ"  3 17:33Расман: Жоан Гарсия - "Барселона" футболчиси  11 17:04Афғонистон Россияга ўртоқлик учрашуви ўтказишни таклиф қилди  13

"Barselona" amalga oshirgan eng g'alati 5 transfer Yangiliklar

"Barselona" amalga oshirgan eng g'alati 5 transfer

Teglar :  Barselona
"Barselona" - dunyoning eng katta va eng buyuk jamoalaridan biri. Jamoa o'z davrining yulduzlarni o'z safiga qo'shib olishni xush ko'radi.

Bir vaqtlar "Barsa" o'z tarkibiga Romario, Ronaldo, Ronaldino yoki Dembele, Koutino kabi futbolchilarni transfer qilishga erishdi.

Biroq "Barselona"da ham g'alati transferlar bo'lib turgan.

5. RYUSHTYU RECHBER

Turkiyalik golkiper 2000 yillarning boshlarida yulduzlik onlarini o'tkazdi. 2002 yilda esa termasining JCHda ko'rsatgan "hunarlari"da u asosiy insonlardan biri bo'lgandi. O'shanda jamoa mundialning yarim finaliga etib borishni uddalagandi.

"Fenerbaxche"da yaxshi mavsumni o'tkazganidan keyin 2003 yilda u Evropaning eng katta jamoalaridan biri "Barselona"ga o'tdi.

Albatta, bu transfer g'alati ko'rindi. Mavsum boshlanishi arafasida esa posbon jarohat oldi. Biroq u tezda o'ziga kelib olgan bo'lsa-da, Frank Raykaard uni o'yinlarga tushiravermadi. Buning sababi sifatida posbonning ispan tilini yaxshi bilmasligi deb keltirildi.

Albatta, Raykaard futbolchini transfer qilishdan oldin uning barcha jihatlarini bilishi kerak edi, biroq bunday bo'lib chiqmadi. Rechber OAVda o'yinlarga chanqoqligini va o'ziga muntazam amaliyoti kerakligini aytgan bo'lsa-da, Raykaard Valdesni maydonga tashlayverdi.

Ryushtyu "Barsa" tarkibida umumiy 7 o'yinda qatnashdi va yana sobiq jamoasiga qaytib ketdi. U "Barselona"ga keraksiz futbolchi bo'lganligi uchun ushbu ro'yxatdan o'rin oldi.

4. ALEKSANDR GLEB

2008 yilning yozida "Barselona" "Arsenal" safida yaxshi o'yin ko'rsatayotganlarni o'z safiga qo'shib olaverdi.

SHimoliy Londonda ajoyib harakat qilgan Mark Overmars, Emmanuel Peti va Terri Anri 2000 yillarning o'rtalarida "Arsenal"dan "Kamp Nou"ga ko'chib o'tdi. 2008 yilda Kataloniya grandi "Arsenal"ning belorussiyalik yarim himoyachisi Aleksandr Glebni transfer qildi.

Gleb "Arsenal"da uch mavsum davomida ko'plab uchrashuvlarda maydonga tushdi va "kanonirlar" muxlislari orasida o'z mavqesiga ega bo'ldi. Biroq u "Barselona"ga kerakmidi?

"Arsenal"da Robin van Persi, Emmanuel Adebayor, Tomas Rosicki va Sesk Fabregas kabi futbolchilar turganida "Barselona" aynan uni tanlagani g'alati hol bo'lgandi o'shanda.

Xullas, uning "Barselona"ga o'tishi omadsiz chiqdi. U 2008/09 yilgi mavsumda "Barselona" tarkibida 19 uchrashuvda maydonga tushdi va faqatgina bir gol kiritdi.

"Barselona" Glebni "SHtutgart", "Birmingem", "Volfsburg" kabi jamoalarga ijaraga berdi. SHartnomasi yakunlanganidan keyin Rossiyaning "Krilya Sovetov" jamoasi tarkibiga borib qo'shildi.

Keyinchalik "Barselona" "Arsenal"ning yana bir futbolchisi bilan shartnoma imzoladi. U Sesk Fabregas edi!

3. DIMITRIY CHIGRINSKIY

2009 yilda "Barselona" markaziy himoyachilar "ovi"ga chiqdi. Jamoa 2008/09 yilgi ECHLda "SHaxtyor"himoyachisi Dimitriy CHigrinskiyning o'yinlarini kuzatdi.

Uning "SHaxtyor" bilan UEFA superkubogida ajoyib o'yin ko'rsatgani uchun "Kamp Nou" egasi tarkibidagi ilk ukrainalik futbolchiga aylandi. U 25 mln evro evaziga transfer qilindi.

Debyut mavsumida u "Barsa" bilan evrokuboklarda o'ynay olmadi. Sababi u "SHaxtyor" bilan maydonga tushib bo'lgandi.

Dimitriy "Barselona"ning asosiy futbolchisiga aylanmadi. Sababi o'sha vaqtlarda markaziy himoyada Puyol-Pike tandemi hosil bo'lgandi.

Dimitriyni jamoaga Pep Gvardiola olib borgandi. Himoyachi "Barsa"dagi ilk mavsumida 12 uchrashuvda qatnashdi va shundan keyin yana "SHaxtyor"ga qaytib ketdi. Gvardiola uning qolishini istagan bo'lsa-da, futbolchi doimiy o'yin amaliyotini istadi.

2. ALEKS SONG

2012 yilda "Barselona" himoyaga yordam beradigan yarim himoyachilarni izlab yurganida "Atletik" tarkibidagi Xavi Martinezni mo'ljalga olgandi.

Biroq uni "Bavariya" "ilib ketganidan" keyin "Barselona" "Arsenal" futbolchisi Aleks Songga etibor qaratdi.

Kamerunlik futbolchi "Arsenal"da 7 mavsumni o'tkazgandi. 2006 yilda u jamoa tarkibiga borib qo'shilgan bo'lsa-da, 2008/09 yilgi mavsumda jamoaning asosiy tarkibiga kira boshladi. U Sesk Fabregas bilan birgalikda yarim himoyada tandem hosil qildi. SHu sababli "kanonirlar"ning hujumlari ancha ko'paydi.

2011 yilda Sesk "Barselona" safiga o'tib ketdi. O'sha mavsumda u 46 uchrashuvda maydonga tushdi va 12 golga assistentlik qildi. Biroq u "Barselona" tarkibida o'zini ko'rsata olmadi.

1. KEYRRISON

Ryushtyu, Gleb, CHigrinskiy va Song "Barselona" tarkibida o'yinlarda maydonga tushishgan. Biroq Keyrrisonga bu nasib etmagan.

SHu boisdan u "Barselona" uchun umuman keraksiz transferlardan biri bo'lgan. "Barselona"ga borguncha u "Palmeyras" tarkibida 11 gol kiritishga erishgandi.

2009 yilning yozida "Barselona" Keyrrison bilan shartnoma imzolanganini malum qildi. Biroq o'sha mavsumning o'zidayoq u "Benfika"ga ijaraga berib yuborildi. U erda 7 uchrashuvda qatnashib, 1 gol kiritdi. Qishki transferlar oynasi vaqtida esa u "Fiorentina"ga yo'l oldi. Italiyada ham uning ishlari yurishmadi - 12 o'yin, 2 gol.

2014 yilda uning "Barselona" bilan shartnomasi yakunlandi va u Braziliyaning "Koritiba" jamoasining to'laqonli azosiga aylandi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: -18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика