"Barselona" afsonasi Dembelega: "Klubda o'ynashni istamasang, libosingni ech va bu erdan jo'na"
21 jan 2022 21:08
Yangiliklar


"Barselona" afsonasi Dembelega: "Klubda o'ynashni istamasang, libosingni ech va bu erdan jo'na"
Kataloniyaning "Barselona" klubi sobiq hujumchisi Xristo Stoichkov yarim himoyachi Usmon Dembeleni "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgani uchun tanqid qildi.
Bolgariyalik afsonaning so'zlariga ko'ra, Dembele bu xatti-harakatlari bilan klub nomiga dog' tushirmoqda.
"Sen hech qachon "Barsa" qanday klub ekanligini bilmagansan. Agar klubda o'ynashni istamasang, uning nomiga dog' tushirma, libosingni ech va bu erdan jo'na. Janob Laporta, chiqish eshiklarini oching va uni qo'yib yuboring", — dedi Stoichkov.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Barselona" rahbariyati yanvar oyidagi transfer oynasi yakunlanmaguncha Dembeledan qutulish niyatida ekanligini malum qilgandi. Futbolchining xizmatlariga APL klublari qiziqish bildirgan.
O’xshash yangiliklar
23:10
Klublar o'rtasidagi JCH. PSJ to'qqiz kishi bo'lib "Bavariya"ni mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi 176
18:06
Deku va Flik hozirda Reshford transferini ko'rib chiqmayapti. "Barsa" Diasga etibor qaratmoqda 2

Fikrlar