"Barselona" 65 mln evrolik transferni amalga oshirishga tayyor

Alisher
18 may 2022, 11:30
"Barselona" "Lids" vingeri Rafinyaning o'tishi uchun to'lashga tayyor bo'lgan mablag' ma'lum bo'ldi.

Futbolchining o'zi Kataloniya klubiga o'tishni xohlamoqda. "Barsa" 25 yoshli braziliyalik uchun 55 mln evro va 10 mln evro bonuslar sifatida to'lashni taklif qildi.

"Lids" vingerining shartnomasida ikkita tovon puli ko'zda tutilgan: klub APLda qolsa 75 mln evro, tushib ketsa 25 mln evro.

Rafinya joriy mavsum "Lids" tarkibida 28ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 3ta assist qayd etdi. Braziliyalikning klub bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Uol