"Barselona" 2016 yilda "Fluminense"dan Jersonni xarid qilishni kelishib oldi
04 iyu 2015 13:45
Yangiliklar


"Barselona" 2016 yilda "Fluminense"dan Jersonni xarid qilishni kelishib oldi
"Barselona" Jerson borasida "Fluminense" bilan kelishuvga erishdi.
Malumotlarga ko'ra, braziliyalik futbolchi 2016/17 mavsumdan Kataloniya klubi safini to'ldiradi va 5 yillik shartnoma tuzadi. Transfer bahosi 15dan 18 mln. evrogacha etishi mumkin. Ispanlar "Fluminense"ga ushbu mablag'ning 3,2 mln. evrosini to'lab bo'ldi.
Ushbu 18 yoshli futbolchi Braziliya futbolining yangi yulduziga aylanishiga ko'pchilik umid bildirmoqda.

Fikrlar