"Barselona" 1946 yildan buyon ilk bor bir o'yinda 8ta gol o'tkazib yubordi
15 avg 2020 02:32
Yangiliklar
"Barselona" 1946 yildan buyon ilk bor bir o'yinda 8ta gol o'tkazib yubordi
ECHL chorak finali doirasida "Barselona" - "Bavariya" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuv 8:2 hisobida germaniyaliklar foydasiga hal bo'ldi. "Bavariya" har ikki bo'limda to'rttadan gol urdi. Statistikaga murojaat qilsak, "Barselona" 1946 yildan buyon ilk bor bir uchrashuvda sakkizta gol qo'yib yuborishganini guvohi bo'lamiz.
Bunday uchrashuvlar chindan har kuni bo'lavermaydi. ECHL doirasida esa kataloniyaliklar tarixda biror marta ham bunchalik ko'p gol o'tkazib yubormagandilar.
Katta ehtimol bilan Italiya gazetalarining ertangi soni bosh sahifasida "Messi "Inter"ga yanada yaqinlashdi" sarlavxasini uchratsak ajab emas.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar