So’nggi yangiliklar

11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  0 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  6 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  0 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  4 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  5 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  6 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  6 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  15 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0

"Barsa"ning Kubokdagi trilleri: 3-ligadagi "Intersiti" bilan overtaymlarda 4:3. Tarbiyalanuvchidan esa xet-trik qabul qilib olindi Yangiliklar

"Barsa"ning Kubokdagi trilleri: 3-ligadagi "Intersiti" bilan overtaymlarda 4:3. Tarbiyalanuvchidan esa xet-trik qabul qilib olindi

Juda ham muammoli o'yin.

"Barselona" Ispaniya Kubogi 1/16 finalida shou uyushtirdi: uchinchi ligadan kamtargina "Intersiti" bilan o'yin o'tkir syujetlarga boy bo'ldi.

Kim ham Ronald Arauxo to'rtinchi daqiqadayoq gol urganda o'yin shunday tus olishini o'ylagan deysiz. "Barselona" asosiy tarkib bilan maydonga tushdi, yaqqol zaxira o'yinchilaridan darvozabon Inyaki Penya va yarim himoyachi Pablo Torreni aytish mumkin.

Kataloniyaliklar 59-daqiqagacha xotirjamlik bilan hisobda oldinda borishayotgan edi, ammo so'nggi yarim soatda barchasi o'zgarib ketdi.

Bunga esa 21 yoshli yarim himoyachi Oriol Soldevila sabab bo'ldi. Yosh ispan burchak zarbasidan so'ng hisobni tenglashtirdi.



Usmon Dembele ikkinchi golni urdi, Soldevila esa darvozabon chizig'idan bosh bilan to'p kiritgan holda, to'rt daqiqadan so'ng javob qaytardi.

Rafinya hisobni 3:2 ko'rinishiga olib keldi, Oriol esa birga-bir vaziyatdan foydalandi. Aqlbovarqilmas o'yin!

"Barsa" uch bor hisobda oldinda bordi va "Barselona"dan tashqari (bu haqda pastroqda) barcha uchun nouneym bo'lgan yigitchadan uchta to'p qabul qilib oldi.

"Intersiti" shunday qilib top-raqibni qo'shimcha vaqtlargacha olib bordi, u erda esa hisobni tenglashtira olmadi: Ansu Fati 104-daqiqada gol urdi, bunga esa javob beradigan topilmadi.


"Barsa"ga o'zining tarbiyalanuvchisi uchta to'p kiritdi. Uni 2020 yilda tekinga qo'yib yuborishgandi


Oriol Soldevila nafaqat tarbiyalanuvchi, balki Barselonada tug'ilgan ham. U hozirda chap vinger, bo'yi ham baland (185 sm).

Oriol 2018 yildan 2020 yilgacha "Barselona" akademiyasida shug'ullangan: "Men bolaligimdan Kule va klub azosi edim", – dedi u keyinroq.



Soldevila klubga kerak bo'lmadi va tekinga "Birmingem"ning o'rinbosarlar jamoasiga yo'l oldi. U erda U23 jamoasi uchun o'ynadi, bu esa kattalar jamoasi bilan shartnoma imzolashga zamin yaratdi, ammo kamtargina "Intersiti" bilan. U shunday qilib "Barselona" bilan o'ynash imkoniyatiga ega bo'ldi va undan chiroyli tarzda foydalandi.

Muhim o'yin oldidan Soldevilaga etibor odatdagidan yuqoriroq edi, yigitcha hatto o'z racioni haqida ham gapirib o'tdi: "Nonushtaga eryong'oq moyi va babanli tost. Ertalabki mashg'ulotlardan so'ng ozgina protein istemol qildim", – deya muvaffaqiyat formulasini keltirib o'tdi u.

Oriol Ispaniya Kubogining ushbu mavsumida "Atletiko CHirbonero" (1:0)ga qarshi 13 daqiqa va "Mirandes" (hatto gol urdi)ga qarshi o'yinda 72 daqiqa harakat qildi. Ispaniyaning uchinchi divizionida esa 17ta o'yinda 1ta gol va 2ta assist qayd etgan. Soldeviladan ko'proq zaxiradan joker sifatida foydalanishdi, u chempionatda atigi 575 daqiqa harakat qilgan. Bu "Barselona"ga qarshi o'yindagi xet-trik fonida yanada katta syurpriz.


"Intersiti" – bu qanday klub o'zi? Atigi besh yil oldin tashkil etilgan va fon bozoriga chiqqan



"Barselona" ushbu shou-o'yinni Alikanteda o'tkazdi. Bu joy bilan ilk hayolga keladigan narsa Segunda va Kubok o'yinlarida ishtirok etgan shu nomdagi "Alikante" jamoasi bo'lishi mumkin. Ammo, bunday klub 2014 yildayoq tarqatib yuborilgan.

"Intersiti"ni esa 2017 yilda tashkil etishdi. Dastlab Valensiya birlashmasi mintaqaviy birinchiligidan boshlashga to'g'ri keldi, sababi klub yo'q joydan paydo bo'ldi – ilk qadamni birinchi urinishdayoq 2017/18 yilgi mavsumda muvaffaqiyatli tashlashdi.

Klubni birdan uchinchi divizionda joy egallash uchun 2018 yilning yozida "Novelda" bilan birlashtirmoqchi bo'lishdi. Ammo, Ispaniya futbol federaciyasi geografik normalar to'g'ri kelmasligi sabab bunga ruxsat bermadi: shaharlar bir-biridan juda uzoq edi – 28 km.



"Intersiti" yakunda o'zining noyob joylashuvini mustahkamladi. Klub xo'jayinlari loyihani futbol startapi sifatida tavsiflashadi. Bu g'oyani texnobiznesmenlar Salvador Marti va Xaver Mira amalga oshirishni xohlashdi, ular yuzni tanib oluvchi FacePhi kompaniyasini rivojlantirishmoqda. Ular futbolda biznes-loyihani shunday ham qurish mumkinligiga qaror qilishdi: "Intersiti"ning akciyalari 2021 yilning oktyabridan fond bozorida mavjud – bu Ispaniyadagi ilk namuna.

"Intersiti" besh mavsumdan to'rttasini ijobiy hal qildi va ligaga chiqdi, ular hozirda uchinchi divizionda (ammo, hozircha 16-o'rinda) ishtirok etishmoqda. Ispaniya Kubogida "Barselona" bilan bunday o'yin tufayli brend shubhasiz kichik xususiy investorlar uchun ancha jozibador bo'lib qoldi.


"Intersiti" – "Barselona" 3:4 (0:1, 3:2, 0:1)

Gollar: 0:1 – 4 Arauxo, 1:1 – 59 Soldevila, 1:2 – 66 Dembele, 2:2 – 74 Soldevila, 2:3 – 77 Rafinya, 3:3 – 86 Soldevila, 3:4 – 103 Fati.

"Intersiti": Kampos, Jayme (Nsue, 82), Galves (Errera, 46), Peres (Angong Ebolo, 94), Murria Soriano, Kristo Romero, Soldevila, Mari, Royxe (Koffi, 65), Belotti (Eneko Undabarrena, 82), Pinan (SHemi, 67).

"Barselona": Penya, Belerin (Alonso, 83), Kunde, Arauxo (Erik Garsiya, 60), Alba, Buskets, Kesse, Torre (Gavi, 60), Depay (Fati, 74), Dembele (Balde, 105), Ferran Torres (Rafinya, 61).

Ogohlantirish: Torre (50).


Sports.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика