"Barsa"da o'ynash uchun har qanday futbolchi puldan voz kechishga tayyor" - Serxio Aguero
10 sen 2021 09:33
Yangiliklar
"Barsa"da o'ynash uchun har qanday futbolchi puldan voz kechishga tayyor" - Serxio Aguero
Hujumchi Serxio Aguero "Barselona"ga o'tganidan afsusda emasligini aytdi.
"Barsa" haqida gaplar chiqqanida men agentimga bu erda o'ynash istagim borligini aytganman. Pullar meni qiziqtirmagan, bu muammo bo'lmagan. Barchasi shunday hal bo'lgan.
"Siti"dan ketganimda barchasi aniq edi. Men "Barselona"da o'ynashni istardim. Bu erda "Siti"dagidan kamroq pul olishimni ham bilardim.
Agar "Barsa" yana men bilan aloqaga chiqqanida, men yana shartnoma imzolashga tayyor edim. Bu erda o'ynash uchun har qanday futbolchi puldan voz kechishga tayyor bo'ladi", - dedi Aguero.
Fikrlar