"Barsa" Xolandni sotib olishi uchun Messi maoshining kamayishiga rozi
01 may 2021 18:33
Yangiliklar
"Barsa" Xolandni sotib olishi uchun Messi maoshining kamayishiga rozi
"Eurosport"ning yozishicha, 33 yoshli futbolchi maoshi qisqartirilgan yangi shartnoma imzolashga rozi bo'lgan. Bundan maqsad - "Barselona"da "Borussiya D" hujumchisi Erling Xolandni xarid qilish uchun qo'shimcha pul paydo bo'lishi.
"Barsa" prezidenti Joan Laporta Messiga klub 20 yoshli norvegiyalik bilan muzokaralarni boshlashga tayyorligini aytgan va argentinalikdan klub Xoland transferi uchun mablag' topishda yordam bo'lishi sabab maoshini kamaytirilishiga roziligini so'ragan. Messi esa rozi bo'lgan.
Jamoa sardori tomonidan bo'lgan bunday yurishga qaramay, Xolandning transferi haqiqatga yaqinlashishi uchun "Barselona" yana qo'shimcha mablag' topishi darkor. Hozir Laporta investiciya fondi bilan muzokara olib bormoqda. "Barselona"dagilar Xoland bilan kelishuvga erisha olishlariga ishonishmoqda.
Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Ronald Kuman uchun markaziy hujumda asosiy variant "Lion" forvardi Memfis Depay edi. Ammo, Laporta klubda faqat "Borussiya" hujumchisini ko'rmoqchi.

Joriy mavsum Messi LaLigada 31ta o'yin o'tkazdi va 26ta gol urib, 9ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar