So’nggi yangiliklar

11:39Манба: Ўзбек клуби словениялик ҳимоячини олиб келди  0 11:18Каннаваро: "Янги ўйинчилар иштирок этаётган Дубайдаги йиғин қизғин ўтмоқда"  2 10:40Мемфис Депай БАА клублари эътиборида  1 10:20Дани Алвес профессионал футболга қайтиши мумкин  2 09:55Сардор Раҳмонов фаолиятини Тошкент клубида давом эттиради  3 09:35Санжар Қувватов: "Ҳозир натижа учун ўйнайдиган эмас, захирани ўйлаб иш қиладиган пайт"  1 09:10Бугун футбол. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Вьетнам билан ўйнайди  2 08:50Ироқ чемпионати. Мурод Бобожоновдан дебют гол, Қосимов ҳам майдонни қуруқ тарк этмади  5 08:25Абубакир Шукуруллаев: "Бунчалик тез имконият беришади деб ўйламаган эдим"  2 08:00"Металлург" тайёргарликни бошлади. Таркибда янги футболчилар бор  5 00:45"Монако" "Манчестер Сити" ҳимоячисига кўз тикмоқда  0 00:32Саудия Про-Лигаси. Роналду ва Бензема жамоалари ғалаба қозонишди  5 00:09Дэвид Симэн: "Артетанинг тўртта алмаштиришидан шокка тушдим"  4 23:40"Реал" "Бетис"нинг 40-50 миллион евролик ҳимоячисига кўз тикди  0 23:05Туркия йиғини. "Қўқон-1912"нинг назорат ўйинлари тақвими  2

"Barsa" va "Atletiko" Grizmann borasida kelishishdi Yangiliklar

"Barsa" va "Atletiko" Grizmann borasida kelishishdi

Ispaniyaning ikki grandi o'rtasida so'nggi paytlarda muzokaralar avjiga chiqqan edi.

"Atletiko Madrid" 2019 yilda franciyalik Antuan Grizmanni 120 mln evroga Kataloniya klubiga pullab yuborgan edi. 31 yoshli hujumchi Kataloniyadagi hayotga moslashib keta olmadi va 2021 yilda 2 yillik ijara shartnoma asosida sobiq klubiga qaytdi. 

"Ko'k-anorranglilar" Antuanni butunlay qaytarib berishni istashdi va bunga Madrid klubi ham qarshi emas. Grizmanning shartnomasida agar u ishtirok etadigan o'yinlarning yarmida 45 daqiqa maydonda harakatlanadigan taqdirda "matraschilar" hujumchiga 40 mln evro to'lashi kerakligi ko'zda tutilgan edi. Biroq "Vanda Metropolitano" egalari bu miqdordagi pulni ko'p, deb hisoblashdi va oxirgi bir necha haftalarda muzokaralar olib borilayotgan edi.

Ikki klub nihoyat yakdil bir qarorga keldilar. "Barsa" yon beradigan bo'ldi. "Atletiko" bitimdagi summa 40 mln evroning yarmidan sal ko'proq mablag' to'laydigan bo'ldi.

"Atletiko" ustozi Diego Simeone shartnomaning o'sha bandi kuchga kirmasliga uchun Grizmanning maydondagi daqiqalarini cheklashga majbur bo'layotgan edi. Klub tarixidagi eng yaxshi to'rtinchi to'purar hisoblanadigan franciyalik futbolchi ikkinchi taymda zaxiradan tushirilayotgandi.

Antuan Grizmann ushbu mavsum "Atletiko" safida 10 ta o'yinda maydonga tushdi va 3 ta to'p kiritdi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика