"Barsa" istefoga chiqarilgani uchun Setenga 4 million evro jarima to'laydi
01 dek 2021 21:58
Yangiliklar
"Barsa" istefoga chiqarilgani uchun Setenga 4 million evro jarima to'laydi
"Barselona" sobiq bosh murabbiyi Kike Setenga ishdan bo'shatilgani uchun tovon puli to'laydi.
Tomonlar 4 million evroga rozi bo'lgan.
Jarima bo'lib-bo'lib to'lanadi. Ushbu kelishuv tufayli "ko'k-anorranglilar" 20 dekabrga belgilangan sud jarayonining oldini oladi.
Avvalroq mutaxassis "Barsa"dan 14 million evro undirib olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib o'tamiz, 2020 yilning 13 yanvarida "Barselona" Setenni bosh murabbiy etib tayinladi va o'sha yilning 17 avgustida CHempionlar ligasida "Bavariya"dan yirik mag'lubiyatga uchragandan so'ng (2:8) ishdan bo'shatdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar