So’nggi yangiliklar

09:11"Навбаҳор"нинг Аброр Исмоилов олдида қанча қарзи борлиги маълум бўлди  2 08:32"FourFourTwo" "Барселона" тарихидаги энг яхши футболчилар рейтингини тузди  6 08:13Райс мухлисларнинг норозилиги ҳақида: "Бу менга ёқмади. Мадуэке ҳали нималарга қодирлигини кўрсатади"  0 01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  17 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  19 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  2 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0

"Barsa" darvozasiga 1 ta gol urish uchun 80 ta zarba, qayta jonlanayotgan "Atletiko"ning "Kichkina shahzoda"si - La Liga sarhisobi Yangiliklar

"Barsa" darvozasiga 1 ta gol urish uchun 80 ta zarba, qayta jonlanayotgan "Atletiko"ning "Kichkina shahzoda"si - La Liga sarhisobi

Ispaniya La Ligasiga kelasi mavsum uchun APLdagi kabi, odatdagidan bitta ko'p kvota ajratiladi.

 Bu "Sevilya" bilan bog'liq ekanligini anglash uncha qiyin emas. Qolgan kvotalar ECHL 4, EL 2 va EKL 1 ko'rinishida taqsimlanadi.

Kataloniyaliklar ushbu mavsumni xalqaro maydonni inobatga olmaganda, juda stabil tarzda o'tkazishdi. "Barsa" uchun bu 26-chempionlik. Klub oxirgi marta 2018/19 yilgi mavsumda, Ernesto Valverde qo'l ostida chempion bo'lgan. "Barselona" naqd 11 ta o'yinni 1:0 hisobi bilan yakunlagan. Xavi markaziy himoyada 13 xil kombinaciyadan foydalandi. Jamoa 38 ta o'yinda 18 gol o'tkazib, "Atletiko"ning rekordini takrorladi. Eng qizig'i, gollarning teng yarimi 30-turdan keyin o'tkazib yuborilgan. 30-turga qadar bo'lgan o'yinlar statistikasiga etibor qaratsak, "El Klasiko"ni inobatga olmaganda, "Barselona" darvozasi tomon yo'llangan zarbalarning har 80 tadan bittasigina golga aylanganiga guvoh bo'lamiz. SHunchaki dahshatli natija. 

Xavi kataloniyaliklar tarixida ham o'yinchi, ham murabbiy sifatida chempion bo'lgan 5-inson bo'ldi.

ECHLni final ostonasida tark etgan "qirollik klubi" so'nggi daqiqalarda Ispaniya vice-chemionligini "Atletiko"dan tortib oldi. "Real" odatda mavsumni sovrinsiz yakunlamasligini yaxshi bilamiz. "Qaymoqranglilar"ga bu mavsum faqatgina Ispaniya Kubogi nasib qildi. Jamoa haqidagi mish-mishlarga quloq solsak, kelasi mavsum uchun qayta "gallaktikos" tashkil qilishayotgandek tuyuladi.

"Atletiko" La Liganing ikkinchi davrasini Antuan Grizmann bilan yuqori darajada o'tkazdi. Grizman XXI asrda La Liga tarixida 15 gol + 16 assistni amalga oshirgan ilk "Atletiko" futbolchisi bo'ldi. 

Jamoa xalqaro maydondagi natijalari bilan maqtana olmaydi. Madridliklar o'z tarixida ilk bor ECHL guruhini oxirgi o'rinda yakunladi.

"Real Sosedad" David Silva va Takefusu Kuboci bilan mavsumni ijobiy tarzda yakunladi. Jamoa 10 yillik tanaffusdan so'ng yana ECHLda ishtirok etadi. Kubo basklarning rosmana qaxramoniga aylandi. U gol urgan har 9 o'yinda jamoa g'alaba qozondi.

"Vilyareal" va "Betis" ELga, "Osasuna" esa EKLga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Bundan tashqari, 12-pog'onadan joy egallaganiga qaramay, "Evropa Ligasi qirollari" — "Sevilya" ham ELdagi chempionlik sabab ECHLda ishtirok etadi. 2002 yildan buyon ispan jamoalari boshqa liga vakillari bilan 17 bor finalda ro'baro' kelib, biror marotaba mag'lub bo'lishmayotgandi. "Sevilya" ananani davom ettirib qo'ya oldi.

SHunday qilib, Segundaga "Valyadolid", "Espanol" va "Elche" jamoalari ravona bo'lgan bo'lsa, u erdan hozircha "Granada" va "Las Palmas" jamoalari o'rin almashadigan bo'lib turibdi. Uchinchi yo'llanma egasi 18 iyun kuni bo'lib o'tadigan hal qiluvchi o'yinda malum bo'ladi. Bu "taklifnoma" yo "Levante"ga, yo "Alaves"ga nasib qilishi mumkin.

SHaxsiy titullar. Eng yaxshi futbolchi — Mark Andre Ter SHtegen (38 o'yin, 18 gol);

Eng yaxshi hujumchi — Robert Levandovski (26 gol); 

Eng yaxshi yarim himoyachi — Antuan Grizmann (16 assist); 

"Gol+pas" tizmida eng ko'p ochko jamg'argan futbolchi — Antuan Grizmann (15 gol + 16 assist = 31 ochko).


Doniyor Mamatqulov tayyorladi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика