"Barsa" Buskets o'rniga boshqa nomzod topdi
10 okt 2022 14:27
Yangiliklar


"Barsa" Buskets o'rniga boshqa nomzod topdi
Kataloniya klubi yozda shartnomasi yakun topadigan yarim himoyachi Serxio Buskets o'rnini to'ldiradigan futbolchi izlashda davom etadi.
"Ko'k-anorranglilar" ispaniyalik futbolchi o'rniga "Vulverxempton" yarim himoya chizig'i vakili Ruben Neveshni olib kelishni rejalashtirmoqda.
Xavi Ernandes boshchiligidagi jamoa avvaliga "Real Sosedad" azosi Martin Subimendi bilan shartnoma tuzmoqchi bo'ldi, biroq u joriy jamoasi bilan bitimini uzaytirishi malum bo'ldi. SHundan so'ng 25 yoshli Angliya Premer-ligasida to'p tepuvchi o'yinchi short-listdagi asosiy nishonlardan biriga aylandi.
Portugaliyalik yarim himoyachi ushbu mavsum "bo'rilar" tarkibida 8 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta golni o'z nomiga rasmiylashtirdi.
Transfermarkt portaliga ko'ra, Neveshning narxi 40 mln evroni tashkil etadi. U klub bilan 2024 yilning yoziga qadar kuchda bo'ladigan shartnomaga ega.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar