Barns: "Qora tanliman, lekin kimdir meni "qora" deb chaqirsa xafa bo'lmayman"
09 dek 2020 23:19
Yangiliklar


Barns: "Qora tanliman, lekin kimdir meni "qora" deb chaqirsa xafa bo'lmayman"
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Jon Barns PSJ - "Istanbul" uchrashuvida bo'lgan vaziyat haqida gapirdi.
"Bosh hakam zaxira hakamidan kimni chetlatish kerakligini so'ramoqda. Xo'sh, o'shanda zaxira hakami chetlatilishi kerak bo'lgan murabbiyni qanday ajratishi kerak: "qora"dan boshqa variant bormi? Zaxira hakami futbolchilarning ismi familiyasini yodlab yurishi majburiy emas. Men ham qora tanliman, kimdir qora desa xafa bo'lmayman. Bu erda hech qanday rasizmni ko'rmayapman. Xo'sh, bosh hakamga tushunarli bo'lishi uchun zaxira hakami nima deyishi kerak? Hamma bir xil kiyimda bo'lgan paytda bundan fojea yasamaslik kerak", - deb yozadi Barns.
13-daqiqada to'xtab qolgan uchrashuv ayni damlarda davom ettirilmoqda.
O’xshash yangiliklar
12:17
Arteta: "Chempionlik poygasidagi vaziyat 3 oy avval qanday bo'lsa, o'shandayligicha qolmoqda" 10

Fikrlar