Barkli jarohati tufayli olti hafta maydonga tushmasligi mumkin
13 jan 2014 13:06
Yangiliklar


Barkli jarohati tufayli olti hafta maydonga tushmasligi mumkin
“Everton” klubi yarim himoyachisi Ross Barkli, Angliya Kubogi doirasida bo'lib o'tgan “KPR”ga qarshi o'yinda (4:0) jarohat oldi.
Xabarlarga ko'ra, o'yinchining oyoq barmog'i shikastlangan.
“Rossning barmog'i singan bo'lishi mumkin, shu sababli u bir necha muddat maydonga tusha olmaydi. Jarohatning og'irlik darajasini ko'rish uchun esa Ross qayta tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi. Barklining jarohat Leyton Beynsnikiga juda o'xshab ketayapti. SHu sababli uning jiddiyligidan qo'rqayapman.
Bazan to'g'ri muolaja va davolash orqali o'yinchilar tezda tiklanib ketishgan. Biroq aks holda tiklanish jarayoni bir necha haftagacha jo'zilishi ham mumkin”, - deydi bosh murabbiy Roberto Martines.
Eslatib o'tamiz, ushbu mavsumda “Everton” tarkibida 21 o'yinda maydonga tushgan Barkli 4 ta gol urishga erishgan.

Fikrlar