Barkamol avlod-2014. Mezbonlar bahslarda qatnashmaydi
29 may 2014 10:45
Yangiliklar
Barkamol avlod-2014. Mezbonlar bahslarda qatnashmaydi
Bugun Namangan shahrida mamlakatimiz kasb-hunar kollejlari va akademik liceylari o'quvchilarining ananaviy “Barkamol avlod - 2014” sport o'yinlari respublika final bosqichi bahslari start oladi.
Rejaga ko'ra, Toshkent shahri, Qoraqalpog'iston respublikasi va barcha viloyatlar terma jamoalari soat 12.30 gacha Namangan shahriga etib keladi.
Musobaqa dasturidan joy olgan 16 sport turi, jumladan, futbol uchrashuvlariga qiziqish juda baland. Taqvimga ko'ra, barcha jamoaviy sport turlari bo'yicha bahslar bugun kunning ikkinchi yarmida boshlanishi rejalashtirilgan.
Millionlar o'yini - futbol musobaqasi “Barkamol avlod” sport majmuasi stadionida o'tkaziladi. Unda mintaqaviy bahslarda g'olib chiqqan to'rtta jamoa - Toshkent shahri, Sirdaryo, Qashqadaryo hamda poytaxt viloyati vakillari medallar uchun kurash olib boradi. G'olib nomiga uch tur yakuniga muvofiq oydinlik kiritiladi. Ajablanarlisi, mezbonlar - Namangan viloyati yoshlari poytaxtimizda o'tkazilgan saralash uchrashuvlarida final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kirita olishmagan. SHunga qaramay, futbol o'yinlariga qiziqish juda yuqoriligi tahsinga loyiq.
29 may kuni bo'ladigan dastlabki turni Qashqadaryo - Toshkent viloyatlari terma jamoalari boshlab beradi. Uchrashuv soat 16.00 da boshlanadi. Ikkinchi juftlik uchrashuvi 17.10 da boshlanishi belgilangan. Unda Sirdaryo viloyati - Toshkent shahri yosh futbolchilari o'zaro kuch sinashadi.
Qolgan uchrashuvlar taqvimi:
30 may
Toshkent viloyati - Toshkent shahri
Qashqadaryo - Sirdaryo
1 iyun
Toshkent - Sirdaryo
Qashqadaryo viloyati - Toshkent shahri.
Eslatib o'tamiz, “Barkamol avlod - 2014” sport o'yinlari respublika final bosqichining tantanali ochilish marosimlari bugun oqshom Namangandagi “Navbahor” stadionida bo'lib o'tadi.
Erkin XOLBOBO

Fikrlar