So’nggi yangiliklar

22:12МТРК учун футбол мусобақаларини ёритишга мослашган КТС сотиб олинади  5 21:57ДАҲШАТ! "Фулхэм" дербида "Стэмфорд Бриж"да ғалабага эришди!  24 21:34АПЛ. "Вулверхэмптон" - "Манчестер Юнайтед" баҳси асосий таркиблар маълум!  3 21:09"Манчестер Сити"да нохуш статистикалар  2 20:52Пеп Гвардиола: "Бизда ҳозир шундай даврки..."  7 20:19Аканжи: "Адолатсиз натижа"  6 19:56Моуриньюнинг "Фенербахче"си Абдуқодир Ҳусанов бўйича таклиф билан чиқмоқчи  27 19:32"ФарДУ" клубида мавсум якунларига бағишланган тақдирлаш маросими ўтказилди  2 19:24Муваффақиятсизлик давом этади: "Манчестер Сити" бу сафар ўз уйида "Эвертон" билан дуранг ўйнади, Холанд пенальтидан гол ура олмади  33 19:10АПЛ. Тез орада бошланадиган "Челси", "Тоттенхэм" ва бошқа жамоалар иштирокидаги ўйинлар учун таркиблар маълум  6 18:48"Шўртан": Суперлигага тайёргарлик давом этмоқда  1 18:41Қатор топ клублар ПСЖ футболчиси учун курашади  1 18:12"Чадормалу Ардакан" — "Истиқлол". Машарипов асосий таркибда  0 18:07Умид Эргашев "Насаф" билан хайрлашди. У "Навбаҳор"га ўтмоқда  9 17:55Фликка таянч ярим ҳимоячиси керак. Номзодлар: Канте ва Горецка  1

Barchaning ishtahasini ochib yuborgan 8.5 ta o'rin, biz yolg'iz emasmiz! Yangiliklar

Barchaning ishtahasini ochib yuborgan 8.5 ta o'rin, biz yolg'iz emasmiz!

Bir kun kelib O'zbekistondan Rossiyaga ishlagani ketgan migrantlar evaziga terma jamoamiz safi "Spartak", CSKA, "Zenit", "Lokomotiv" kabi Premer liganing kuchli jamoalarining asosiy tarkiblarida o'ynaydigan futbolchilar evaziga to'lib toshadi.

Nimaga deysizmi, bugun Rossiyada faoliyat olib borayotgan aksar hamyurtlarimizning farzandlari rus klublari akademiyalarida o'ynab kelyaptilar. Bu bilan nafaqat O'zbekiston, balki Qirg'iz Respublikasi va Tojikiston ham o'sishga erishadi. Masalan, Rossiyaning 2008 yilda tavallud topgan eng zo'r futbolchilaridan biri asli o'zbek millatiga mansub, tojikistonlik, Rossiya fuqarosi sanaladi. Ko'pchilik avvaliga Rossiya terma jamoasidan taklif kutadi, undan keyin boshqa yo'nalishni qidiradi. Xuddi, Ispaniya, Italiya va Franciyadagi afrikalik migrantlar birinchi Evropa taklifni ko'rib chiqadi, undan keyin o'z terma jamoasiga o'ynaydi. Bularning aksari ko'p hollarda o'smirlar va yoshlar terma jamoasi davrini yashayotgan mamlakati sharafini himoya qilish bilan o'tkazib, MTJga o'ta olmasa ota yoki ona yurti uchun faoliyat olib boradi. 


Bu imkoniyatdan bugun Indoneziya terma jamoasi unumli foydalanyapti. Bir paytlar Niderlandiyaga qaram bo'lgan Indoneziyaning ko'plab aholisi yillar davomida Evropaga migraciya bo'lgan. O'shalarning farzandlari, nabiralari bugun Evropa futbol maktabi tarbiyalanuvchisi sifatida Indoneziyani JCHga olib chiqish yo'lida maydonga chiqyaptilar. Saudiya Arabistoni bilan bo'lib o'tgan bahs bunga yaqqol misol.


Raqiblarimiz yoshligidan o'z avlodini Evropadan izlayotgan bir paytda, O'zbekistonning turli yoshdagi o'smir va yoshlar terma jamoalarida bugun ahvol yaxshimas. Ayniqsa mana shu kabi futbolchilar uchun selekciya ishlari nolga teng. Yoshlar terma jamoalariga esa o'z yoshini mukammal biladigan mutaxassislar o'rniga, qandaydir noaniq kriteriyalar evaziga murabbiylar tayyorlanishi davom etyapti. Albatta buning oqibatini 5-6 yildan keyin ko'ramiz, lekin unda kech bo'ladi va biz Vetnam kabi mamlakatlar bilan raqobatlashishga majbur bo'lamiz. Rahbariyat bugungi shirin g'alabalar bilan sarmast.


Kecha kanalimda Falastin haqida kichik post qoldirdim. Bugun ularning tarkibini sinchiklab tekshirib chiqsam, MTJ safida CHili, Ispaniya, SHveciya, Daniya kabi futboli rivojlangan mamlakatlarda tavallud topgan, bir paytlar o'sha erdan qo'nim topgan falastinliklarning farzandlari faoliyat olib boryapti. Bugungi siyosiy vaziyatdan kelib chiqadigan bo'lsak, 20 yil o'tib bu kabi futbolchilar yanada ko'payadi va ular ham Indoneziya kabi JCH ga chiquvchi mamlakatlar qatorida favorit sifatida tilga olinadilar.


O'smirlar o'rtasida bo'lib o'tgan CAFA musobaqasida ikkinchi tarkibi bilan, deyarli yig'in o'tkazmagan holda finalda Afg'oniston terma jamoasiga mag'lubiyatga uchragan o'smirlarimizning murabbiylari terma jamoalar bo'limi rahbariyati tomonidan juda qattiq dakki eshitganlar, aslida afg'onlar bir paytlar Eronga chiqib ketgan aholining qaytishi ortidan terma jamoalarini kuchaytirishda davom etyaptilar. Bu ishni ular birinchi futzalda amalga oshirdilar, shuning uchun ularning futzali oldinga qarab keta boshladi. Bizda esa associaciya muammoni o'zindan qidirish o'rniga, ikkinchi tarkibdan natija talab qilish bilan ovora. Toshkentda Superligada 4 ta klub bor, bittasini stadioni tuzuk o'yin o'tkazish talabiga javob bermaydi. Aslida muammolarimiz etarlicha bo'lib turgan paytda ham shunday natijani ushlab turgan futbolchilarimizga rahmat aytib qolamizda, sensaciyalar reytingini taqdim qilaman.


Kechagi o'yinlarga keladigan bo'lsak, mening shaxsiy fikrimga ko'ra 5 ta sensaciya qayd qilindi.



Yaponiya - Xitoy 7:0

Xitoy 2010 yil katta pul bilan futbol bozoriga kirib keldi. O'z yurtiga "Real Madrid" akademiyasini olib kirdi. Jahon yulduzlari chin yurtiga transfer bo'ldi, ammo bularning bari suniy edi, ularning fikriga ko'ra mamlakat 2026 va 2030 yillarga kelib Janubiy Koreya hamda Yaponiya darajasiga chiqishi lozim edi, yakunda ular kecha juda yirik hisobda kun chiqar yurt vakillariga imkoniyatni boy berdilar.



Qatar - BAA 1:3

Osiyo futbolini "o'ziniki" qilib olgan Qatar guruhimizda bizning asosiy raqobatchilarimizdan biri sifatida qaralayotgan bir paytda, BAA lashkar tortib ularning maydonidan 3 ta gol bilan 3 ochkoni qo'lga kiritdi. BAA bo'yicha alohida maqola chiqadi. Bu haqda kechga yaqin mutolaa qilasizlar.



Janubiy Koreya - Falastin 0:0

Yaqin sharq jamoasining sensaciyasining poydevori haqida tepada yozib o'tdim. Lekin shunga qaramay bu koreyslar uchun bahona bo'lmasligi kerak, biz kabi terma jamoalarga qarshi bu gap so'zlar ish berishi mumkin, ammo Osiyoning top terma jamoasi uchun emas. O'z maydonida, siyosiy vaziyati qaltis bo'lib turgan mamlakat terma jamoasi kelib gol o'tkazmasa, bu haqiqiy sensaciya.




Saudiya Arabistoni - Indoneziya 1:1

Niderlandiya futbol maktabi asosida qurilayotgan Indoneziya terma jamoasining arablar bilan durang o'ynashi ikkinchi o'ringa qo'yildi. Avvalgi Xitoy rolini bajarayotgan arab diyorining chin yurtidan farqli mahalliy futboli ancha kuchli. Ammo ularda bazan raqibga nisbatan mensimaslik ko'p kuzatiladi. 



Avstraliya - Bahrayn 0:1

Bu haqiqiy teatr! Bahrayn uchun yaxshi manodagi sahna ko'rinishi. Maydonga avtobus haydab tushgan xorvatiyalik Dragan Talayich to'plar nisbati 72% ga 28% bo'lgan o'yinda mezbonlarning avtogoli evaziga g'alaba qozondilar. Avstraliya o'yin davomida 11 ta zarba bergan, shundan 4 tasi darvoza tomon. Bahrayn esa bitta darvozaga yo'llagan zarbasi bilan 3 ochkoni ilib ketdi.


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика