So’nggi yangiliklar

10:10«Сурхон» ўтган йилги легионерини ортга қайтарди  2 09:37«Барселона» «отмен»! Нико Уильямс келажаги борасида бир қарорга келди  3 09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  2 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  5 07:58Испанлар Европани «забт этишди». «Қизил фурия» икки кун ичида иккита «Евро»да ғалаба қозонишди  8 07:26Ўртоқлик учрашуви. «Қўқон-1912» «Сўғдиёна»ни мағлуб этди   1 01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  3 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  1 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  3 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  1 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  1 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  1 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  4 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  5 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  1

Baqaloq, dangasa, gol uruvchi futbolchi haqida Yangiliklar

Baqaloq, dangasa, gol uruvchi futbolchi haqida

Teglar :  AiltonVerder
Edgar SHtaynborn o'yinni yakunlash uchun hushtak chalganida, ko'pchilik ishonmagandi.

2003 yilning may oyida "Verder" "Bavariya"dan 23 ochkoga ortda qoldi. Biroq 12 oy o'tib, 2 o'yinlik zaxira bilan jamoa muxlislari chempionlikni nishonlashdi. Bir odam esa hissiyotlarini umuman jilovlay olmasdi: Ailton Gonsalves da Silva, maydon markazida u nimalar qilmoqda?


Uning jamoadan ketishi - katta xato edi. Qandaydir noodatiy impuls tufayli futbolchi boshqa jamoa bilan shartnoma imzoladi. O'sha vaqtlarda u qilgan ishlarini shunday tarifladi: "Juda ko'p yig'ladim. O'zimdan so'radim: "Nima uchun aynan "SHalke"?

Vatanini dunyoga tanitish uchun u borini berdi.
Uning qomati, kuchi va yuqori tezligi sabab uni Germaniyada "Kugelblic" deb laqab qo'yishdi. Bu esa yumaloq chaqmoq degani. Bu so'z unga mos tushardi: nemis futbolida yoshi o'tgan vaqtda yulduzlikka erishdi.

Ailton 1973 yili Braziliyaning Madeyra shahrida tug'ilgan. Bu erda u yalangoyoq, barcha mehnati fermaga singardi. Uning ilk jamoasi "Ipiranga" bo'lgan. Uning gollari sababli jamoa 1995 yilda S Seriyaga ko'tarilgan.

Boshida Ailton mamlakat bo'ylab safar qildi, "Internasonal", "Moji-Mirin" va "Santa-Kruz" tarkibida o'ynadi. Omadli mavsumdan keyin u butun dunyo skautlari nazariga tushdi. Qiziqishlar orasida "Verder" ham bor edi. Biroq u "Tigres" tarkibiga ko'chib o'tdi. Yangi davlatda uning o'yinlari o'xshamadi. Xattoki 23 o'yinda 5 gol urgan bo'lsa-da, "Verder" unga bo'lgan qiziqishni so'ndirmadi. 1998 yilda u 2,5 mln funt evaziga Germaniyaga jamoasiga transfer qilindi.


Dastlabki 3 haftada Germaniyada unga yumshoq gapirishdi: Ailton mehmonxonada spagetti eb o'tiribdi. Braziliyalik o'zining debyut o'yiniga borishga shoshilmadi. Biroq "Frayburg"ga gol urdi. Afsuski, yana uch kun o'tib qora onlar boshlandi: jamoani "uchish pog'onasiga"gacha olib kelgan bosh murabbiyning o'rniga Feliks Magat keldi. Unga braziliyalikning o'yini hadeganda ham yoqavermadi.

Juda qattiqqo'l murabbiy hisoblangan Magat Ailtonning xizmatlaridan 4 martagina foydalandi. Unda u 2 bora gol kiritishga erishdi. Uning baxtiga Magat ham tezda ishdan bo'shatildi. Jamoaga Tomas SHaaf bosh murabbiy bo'ldi va jamoaga umidni qaytardi.

1999/2000 yilgi mavsum dastlabki 3 uchrashuvida Ailton o'ynamadi. "Volfsburg"ga qarshi o'yinda esa yugoslaviyalik hujumchi Rade Bogdanovich 15-daqiqadayoq qizil kartochka oldi. Uning o'rniga aynan braziliyalik futbolchi maydonga tushdi va 7:2 hisobidagi g'alabaga katta hissa qo'shdi. Bir gol va ikki assistentlik qildi. Mavsum yakunlariga qadar u Pisarro va klub afsonasi Marko Bode bilan yaxshi o'ynadi. Uning hisobida 16 gol va 14 assistentlik qildi.

Bu natija Bundesliga zaxira hujumchisi uchun kutilmagan edi. Uning o'zi bu natijalarga qanday erishganiga rafiqasi sababchi ekanligini aytdi.SHuningdek, SHaaf hujumchining kuchli taraflarini ochib bera oldi. Andreas Xercog va Joan Miku kabi iqtidorli futbolchilar unga chiroyli golli paslarini ayashmadi.
Keyingi ikki mavsum ham Ailton uchun yaxshi o'tdi, o'zining natijali seriyasini davom ettirdi. Biroq maydondan tashqaridagi hayotda kichik ko'ngilsizliklar ham bo'lib turdi. 2002 yili u Bremenga borishga kechikdi va Norderday oroliga borishga qaror qildi. U erda jamoa mashg'ulotlariga borish 700 evroga tushdi. U tez-tez o'z vataniga borib turdi, xattoki fanatlar ham uning qaytishini intiqlik bilan kutadigan bo'lib qoldi.
Marselinoning gaplariga ko'ra, yaxshi o'yin ko'rsata olmagani sababli maydondan tashqaridagi ishlar orqali yomon xulosaga borildi. Ammo Ailton yaxshi saviyali futbolchi edi, u bilan "Bavariya" shartnoma imzolamoqchi bo'lgandi.

Barchasi "Gerta" darvozasiga bo'lgan xet-trikdan boshlandi. Gollar seriyasi Myonxengladbaxning "Borussiya", "SHalke", "Myunxen 1860" va "Volfsburg" kabi jamoalar bilan o'yinda ham davom etdi.



Ailtonning shartnomasi yakuniga etdi, "Verder" rahbariyati uning xizmatlariga ortiqcha ehtiyoj sezmadi. Uning o'yinlarini "SHalke" kuzatib borgandi. Unga ikki baravar ko'proq maosh to'lashga tayyor edi. Raqamlar katta edi, unga futbolchi  rozi bo'ldi. Jamoadagilar uch kundan keyin futbolchi bilan shartnoma imzolab olishdi. Bu esa "Verder" rahbariyatiga yoqmadi va Germaniya futbol uyushmasiga rasmiy shikoyat bilan chiqishdi. Qonuniy olganda barchasi to'g'ri edi.

Yangi jamoasida ham u dubl va xet-trik qayd etdi. Mavsumda 9 bora assistentlikni qayd etdi. U bilan o'ynagan jamoadoshlarini ham takidlab o'tish lozim: Ivan Klasnich, Miku, Fabian Ernstlar ajoyib jamoani tashkil etishgandi.

Yanvar oyida "Roda"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida u kichik jarohat oldi, biroq Ailton tezda tiklanib oldi: 2004 yilgi mavsumning ilk o'yinida "Gerta" darvozasiga yana dubl, keyinchalik "Kyoln" hamda "SHtutgart" bilan uchrashuvda ham shunday natija.

"Bavariya" bilan o'yin yaqinlashmoqda, "Verder" esa qo'rqmayapti: ularda zaxira ochkolari bor, jamoa esa yaxshi holatda. Tezkorlik bilan hisob bremenliklar foydasiga 2:0ga etganida Klasnich va Miku gol urishga erishdi. Ikkinchi bo'limda uchinchi golni Ailton urdi. O'yindan keyingi intervyuda u "Ailton shunday" dedi.
Hattoki mag'lub bo'lgan uchrashuvlarda Ailtonga hech qanday etirozlar bo'lmadi. Bundesligada uning hisobida 29 gol bor edi. Ushbu natija 1981 yilgi eng yaxshi natija bo'ldi. Braziliyalik futbolchi "Gannover"dan boshqa barcha jamoalarga gol urdi. "Oltin butsa" uchun reytingda u Terri Anridan keyin 2-o'rinni egalladi.

"Alemaniya"ga qarshi Germaniya kubogi finalida dubl qayd etdi, Ailton Krstaich bilan birga maydonni tark etdi. U shunchaki jamoasini almashtirmadi, o'zini qahramon qilgan shaharni tark etdi. U endi chempion tarkibida emasdi. "SHalke" birinchi o'rindagi jamoadan 24 ochko kam jamg'argan va 6-o'ringa tushib ketgandi. Qaysidir manoda bu ortga tashlangan qadam edi. Umumiy hisobda u 178 o'yinda maydonga tushdi va Marselo Bordono bilan birga yaxshi to'p tepdi.


"SHalke"da u bilan jamoadosh sifatida 5 mavsum o'ynadi. Ailtonga Bundesliga to'purari bo'lish uchun birgina gol etishmadi. U jamoasini ikkinchi o'ringacha ko'tarilishi uchun katta yordam berdi. Ailton Bremenni yaxshi ko'rardi. Vada qilganidek, har kuni 500 km masofani bosib o'tdi.

"SHalke"da uni to'g'ri tushunishdi, muammo bor edi. U "Beshiktosh"ga 3,5 mln evro evaziga transfer qilindi. Turkiya jamoasi esa braziliyalikni Jon Kerning o'rnini bosa oladi, deb o'ylashgandi. Ailton dastlabki uch uchrashuvda gol urishga erishdi, biroq keyingi to'pini 4 oy deganda kiritdi. Tushunarli, hujumchi formada emas. Uning o'rnini Bobo egalladi.

Jamoadagi joyini yo'qotgan Ailton "Gamburg"da ijarada o'ynashga rozi bo'ldi. Bu jamoaga u gol ura olmagandi. Yangi klubida esa natijalar juda yomon bo'ldi, 13 o'yinda 3 gol. Tarix takrorlanib, "Verder" bilan bahsda u darvozani ishg'ol eta olmaydi. Bu mavsumning so'nggi kuni edi. Boshida "Gamburg" yuqori o'rinlarda edi. Ammo durang o'yinlar ko'payib ketdi va Ailton qahramon bo'la olmadi.

Baribir "Gamburg" ECHLga chiqdi. Ailton ham jamoani o'zgartirdi. "Gamburg" ham "Beshiktosh" kabi uni o'zida olib qolmadi. Yakunda u "Crvena Zvezda" tarkibiga ko'chib o'tdi. U erda chempion bo'ldi va yaxshiroq o'yin namoyish etdi. "Grassxopper" tarkibida ham ijarada bo'ldi. SHotlandiyada 14 o'yindan keyin 9 gol urishga erishdi.

Ko'pchilik yulduz bo'lib etishadigan deb o'ylagan futbolchi uchun bu qattiq qulash edi. Bir vaqtlar u Germaniyaning eng yaxshi hujumchisi bo'lgandi. Uning so'nggi jamoasi "Xassiya Bingen" bo'ldi. Bu klub tarkibida esa 21 uchrashuvda 19 to'p kiritdi.
2014 yilning sentyabr oyida esa Ailtonning hayrlashuv uchrashuvi o'tkazildi. Buni qarang, bu bahsda ham u  xet-trikni qayd etdi, yakuniy hisob 8:4.

Bu o'yin futbolchi va klub o'rtasidagi munosabatni yaxshilaydi. Ayrim vaqtlarda har doim oddiy o'ynash kerak. SHimoli-sharqiy shahar Bremen uning vatanidek bo'lib qoldi, mahalliy aholi esa Ailtonni yaxshi ko'radi. U asosiy vaqtini "Verder" libosida o'tkazdi. "Verder" libosidagi so'nggi bahsni esa ko'z yoshlari bilan yakunladi.


Mirjalol Normatov tarjima qildi

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика