So’nggi yangiliklar

06:30Сергей Лушчан: "Омадимиз келиб мағлубиятдан қутулиб қолдик. Жамоанинг 40% йиғиннинг сўнгги кунларида сафимизга келиб қўшилди"  0 03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  0 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  1 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  13 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  17 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  14 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1

Bangladeshda Suriyaga yutqazib qo'ydik Yangiliklar

Bangladeshda Suriyaga yutqazib qo'ydik

2016 yilgi Osiyo chempionati saralashi doirasidagi Suriya U-23 - O'zbekiston U-23 uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Suriya U-23 - O'zbekiston U-23 - 2:1

Bosh hakam:
Fahad Al Mirdasi (Saudiya Arabistoni)

Gollar:
Omar Xarbin 29, - 1:0. Omar Xarbin 45+2 penalti, - 2:0. Abbos Maxstaliev 59, - 2:1.

Suriya U-23
:
1.Abdul Latif Nassan (S), 3.Mouaiad Al Ajjan, 5.Omro Al Midani, 6.Ahmaj Ashkar, 8.Omar Xarbin, 10.Mahmud Al Mavas, 11.Hamid Mido, 13.Mahmud Al Baher, 15.Amro Jeniat, 16.Muayad Al Xouli, 20.Yusuf Xalfa.

Zaxira
: 2.Xolid Al Mbayed, 4.Hussayin Al Jvayd, 7.Muhammad Al Marmur, 9.Nassux Nakkdali, 12.Vesam Diab Agxa, 14.Abdulmannon Ibrohim, 17.Abdulloh Al SHami, 18.Jihad Busmar, 21.Vasim Nabhan, 22.Ahmad Kanaan, 23.SHahir Al SHakir, 24.Moumen Naji.  


O'zbekiston U-23:
1.Akmal Tursunboev, 2.Akromjon Komilov, 3.Sardor Rahmonov, 4.Bobur Yo'ldoshev, 6.Abbos Maxstaliev, 7.Vladimir Kozak (S), 8.Abdulloh Olimov, 10.Jamshid Iskanderov, 11.Igor Sergeev, 13.Hasan Asqarov, 23.Diyorjon Turopov.

Zaxira:
5.Xurshid Muxtorov, 12.Abror Karimov, 14.Javlon Mirabdullaev, 16.Javohir Rasulov, 18.Sardor Sobirxo'jaev, 19.Jaloliddin Masharipov, 20.Muhsin Ubaydullaev, 21.Abdumavlon Abdujalilov, 22.Timur Ayupov, 29.Nikita Pavlenko, 33.Jasurbek Hakimov.

Ogohlantirishlar:
Diyor Turopov 30


                              MATNLI TRANSLYACIYA
                                          YANGILASH


90. O'yin yakunlandi. Suriya - O'zbekiston 2:1

89.
Hisob hamon 2:1...

75. Hozircha hisob o'zgargani yo'q. Suriya hamon oldinda

59. GOOOOL! 2:1.
Vakillarimiz hisobni qisqartirishdi. Abbos Maxstaliev o'zini ko'rsatdi.

55.
Suriyaliklarni hisob to'liq qoniqtiradi. SHu bois raqibimiz o'zini ortiqcha urintirayotgani yo'q.

50.
Vakillarimiz oldinga o'tishmoqda lekin aniq zarba yo'q.

46.
Terma jamoamiz safida Jaloliddin Masharipov tushdi

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha Suriya 2:0 hisobida oldinda

45+2. GOL! Omar Xarbin to'pni darvoza markaziga yo'lladi - 2:0.

45+2. Ogohlantirish.
Sardor Rahmonov.

45+2. PENALTI! Sardor Rahmonov raqibni yiqitgani uchun penalti belgilandi

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi

44.
Baxtiyor Ashurmatov zaxira o'rindig'i yonida asabiylashmoqda...

43.
Vakillarimiz juda sekin harakat qilishmoqda, hujum deyarli yo'q. 

40.
Suriyaliklar bosim qilishda davom etishmoqda. 

38.
Bobur Yo'ldoshev oshirib berilgan to'pni o'ziga buysundira olmadi...

36. ZARBA!!! Vakillarimiz hujum qilishda davom etishmoqda. Rahmonovning kuchli va aniq zarbasini Abdul Latif Nassan qyatardi!

34. Xavfli vaziyat! Suriyalik darvozabon himoyachisi bilan to'qnashib ketdi. Hujumchilarimiz imkoniyatdan foydalana olishmadi

33.
Raqibimiz jarima to'pi amalga oshirishdi. Bu safar ham darvozabonimiz to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to'pi noaniq amalga oshirildi

32.
Suriyaliklar hujum qilishda davom etishmoqda. Omar Xarbinning zarbasini Tursunboev qaytardi, himoyachilar to'pni istalgan tomonga tepib yuborishmoqda!

30. Ogohlantirish. O'zbekiston.
Diyor Turopov

29. CHap qanotdan oshirgan to'pni Omar Xarbin boshi bilan darvozaga yo'lladi, Tursunboev to'pni qaytardi, qaytgan to'pni Xarbinning o'zi darvozaga yo'lladi - 1:0.

29. GOL! Omar Xarbin 1:0

28.
Sergeev hujumda ikki raqibga bosim o'tkazib aut ishlab oldi. Turopovning oshirgan to'pini himoyachilar qaytarishdi

27. ZARBA! Bizning dastlabki zarbamiz. Diyor Turopov jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi, darvozabon o'z o'rnida

25. ZARBA! Mahmud Al Mavasning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan kuchli zarbasi darvoaza ustuni yonidan o'tib ketdi! Juda xavfli!

23.
Hakam ikkala jamoa futbolchilariga taym aut berdi. Havo issiq bo'lganligi uchun shunday imkoniyat berilmoqda

22.
Abbos Maxstaliev raqibni yiqitdi, jarima to'pi...

20. Darvoza to'sini! Suriyaliklarning hujumini Ahmaj Ashkar boshi bilan zarba yo'llab yakunladi, to'p to'singa tegib qaytadi!

17.
Raqibimiz ketma ket hujum qilishmoqda! Himoyachilarimiz bir amallab hujumlarni qaytarishmoqda

14.
Suriyaliklar burchak to'pini amalga oshirishdi Al Xoulining bosh bilan yo'llagan zarbasi darvoza ustuni yuqorisidan o'tib ketdi

12.
Himoyachilarning xatosidan Sergeev unumli foydalanishi mumkin edi, darvozabon o'z o'rnida.

10. Xavfli vaziyat! Suriyaliklar hujum qilishdi, Ahmaj Ashkarning zarbasi Rahmonovga tegib darvoza ustuniga tegib qaytadi!

8. Raqibimiz burchak to'piga ega bo'lishdi. Al Midani to'pni jarima maydoniga uzatdi. Akmal Tursunboev mushtlari bilan to'pni qaytardi

5. Xavfli vaziyat! Suriyaliklar hujum qilishdi. Al Mavas jarima maydonimiz ichiga yorib kirdi va Tursunboev bilan to'qnashib ketdi. Hakam bu vaziyatda hech narsa bo'lmaganini ko'rsatdi.

3.
Uchrashuv tezkor hujumlar bilan boshlandi. Suriya ham, O'zbekiston ham faqat hujumga etibor qaratmoqda.

1. O'YIN BOSHLANDI


- Uchrashuv soat 14:00da boshlanadi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика