Banega yozda Osiyo klubiga o'tadi
26 jan 2020 08:03
Yangiliklar
Banega yozda Osiyo klubiga o'tadi
“Valensiya” va “Inter” jamoalarining sobiq futbolchisi, ayni paytda “Sevilya” sharafini himoya qilayotga argentinalik yarim himoyachi Ever Banega yozda Saudiya Arabistonining “Al SHabab” klubi azosiga aylanadi.
Bu haqda saudiyaliklar klubining rasmiy Tvitter sahifasi xabar bermoqda.
31 yoshli futbolchining “Sevilya” bilan shartnomasi yozda nihoyasiga etadi va u “Al SHabab” safiga borib qo'shiladi. Futbolchi yangi jamoasi bilan uch yillik kelishuvga erishgan.
Joriy mavsumda Banega “Sevilya” safida barcha turnirlarda 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 7 golli uzatmani amalga oshirdi.
“Al SHabab” klubi ayni paytda Saudiya Arabistoni chempionatida 15 uchrashuvdan 22 ochko to'plab, 9-pog'onada bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar