Balotelli to'pni muxlislarga qarab tepdi, maydonni tark etishga harakat qildi, qaytdi va raqibni jazoladi
03 noy 2019 23:54
Yangiliklar


Balotelli to'pni muxlislarga qarab tepdi, maydonni tark etishga harakat qildi, qaytdi va raqibni jazoladi
Mario Balotelli to'p surayotgan "Breshia" klubi A seriyaning 11-turida "Verona" mehmoni bo'ldi.
Uchrashuv mobaynida mezbon jamoa muxlislari Balotelliga nisbatan irqchilik harakatlarini namoyon qilishdi. Italiyalik futbolchi o'yinni to'xtatib, to'pni muxlislar tomonga jahl bilan tepdida, maydonni tark etishga kirishdi. Bu vaziyatda maydondagi sheriklari Marioni fikridan qaytarib, maydonda olib qolishdi.
Maydonga qaytgan futbolchi "Verona" darvozasiga uzoq masofadan yo'l topishni uddaladi. Ammo bu gol "Breshia"ga ochko uchun kamlik qildi. Uchrashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Inter" hujumchisi Romelu Lukaku atrofida ham shu kabi muammolar ro'y bergandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar