Balotelli Italiya termasi haqida: "Agar Evropa CHempionatida o'ynaganimda, kubokni bundanda osonroq qo'lga kiritardik"
17 fev 2022 23:41
Yangiliklar


Balotelli Italiya termasi haqida: "Agar Evropa CHempionatida o'ynaganimda, kubokni bundanda osonroq qo'lga kiritardik"
Futbolchi yaqindagina Italiya termasiga chaqiruv olgandi.
"Adana Demirspor" forvardi Mario Balotelli Italiya terma jamoasining Evro-2020 dagi g'alabasi haqida gapirib o'tdi.
"Evro payti men Italiya terma jamoasi o'yinlarini kam kuzatib bordim. Ular mensiz o'ynashayotganini ko'rish og'riqli edi. Bu jamoa mensiz chempionlikni qo'lga kiritdi. SHunday ekan, ular bunga to'la haqli.
Albatta, agar Evropa CHempionatida o'ynaganimda, kubokni bundanda osonroq qo'lga kiritardik", -deydi Mario Balotelli.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar