Balogun "Arsenal" bilan yangi shartnoma imzoladi - Romano

Sherzod Nurmatov
14 apr 2021, 22:20
Bu haqda tez orada rasman e'lon qilinadi.

Yosh hujumchi Folarin Balogun "Arsenal" bilan yangi shartonoma imzoladi. Bu xabarni jurnalist Fabricio Romano tasdiqladi. 

Manbaning xabariga ko'ra, 19 yoshli angliyalikning "kanonirlar" bilan yangi shartnoma muddati 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Qayd etilishicha, Balogunga boshqa klublardan 15 dan ortiq takliflar kelib tushgan.

Eng katta taklif Leverkuzenning "Bayer" klubidan kelgan, ammo "Arsenal" direktori Edu Gaspar va London klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta shogirdini shartnomani uzaytirishga ko'ndirishga muvaffaq bo'ldi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano