So’nggi yangiliklar

02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  13 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  0 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  10 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  7 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  4 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Balki uyda o'tirarmiz? Yangiliklar

Balki uyda o'tirarmiz?

Teglar :  Koronavirus
Kecha championat.asia da atayin so'rovnoma o'tkazdim. Yuqorida turibdi. 11 000ga yaqin o'quvchi ishtirok etgan so'rovnomada 48% o'quvchigina uyda o'tirganligini qayd qilgan.

Kecha championat.asia da atayin so'rovnoma o'tkazdim. Yuqorida turibdi. 11 000ga yaqin o'quvchi ishtirok etgan so'rovnomada 48% o'quvchigina uyda o'tirganligini qayd qilgan. 17% o'quvchi hech qanday sababsiz ko'chaga chiqayotganligini, 16% o'quvchi bozorlik uchun. 19% kishi esa ishga borayotganligi borasida javob bergan. Ishga borayotganlarni-ku, to'g'ri tushunamiz. Lekin bozorlikni 1 haftaga etadigan qilib qo'ysak bo'ladi-ku. Poytaxt bozorlari har doimgidek odamlar bilan gavjum. VIRUS eng avvalo BIRGINA kishidan yuqqanligini esimizdan chiqardik shekilli. Deyarli barcha oiladan hech yo'g'i bir kishi @koronavirusinfouz kanaliga azo. Bu erdagi gap so'zlarni to'g'ri tushunmayotgan kishilar to'lib yotibdi.




Hozirgina “dostavka“ keldi. Ko'chaga chiqib oldim. Ko'chaga chiqdim, tabiatning asl holatini afsuski bizga virus ko'rsatdi. Yam-yashil xiyobon, maysalar ezilmagan. Dovcha terish uchun sinib ketadigan daraxtlarning shoxi sinmagan. Ariqdan suv oqyapti. Qushlar erkin uchyapti. Lekin, lekini shundaki ko'chada bari-bir odam bor. Eng alamlisi kuchugi aylantirib yuribdi bittasi, yana 4 nafar bola jismoniy tarbiya bilan band. SHu ishni baraka topgur to'xtat, butun boshli Olimpiada to'xtatildi-ku! Yana go'yoki baxtli oila, yosh er va xotin aravada qoidaga bo'ysungan fuqaro sifatida bolasi bilan sayr qilib yuribdi, ha, u niqob taqqan, faqat niqob. Agar birgina niqob virusdan saqlay olganida odamzodni, Italiyada shuncha shifokor o'larmidi?


Maktab va bog'chada hamma narsa o'qituvchi zimmasida. Nima bo'lsa, o'qituvchi aybdor edi. Aslida muammo oilada edi. Hozir o'quvchi maktabda o'qituvchini gapiga qanday kirmagan bo'lsa, juda ko'plab aholi hukumatning gapiga mana shunday kirmayapti. O'z boshimchalik.


Ular faqat o'zini o'ylayotgan “egoistlar“dir! Ular o'ylamayaptiki, qanchadan-qancha aholi kirakashlik bilan kundalik pul topadi. Har bir o'tayotgan kun, ularning moddiy ahvolini og'irlashtirayotganini bilmaydi. Juda ko'plab "takcistlarning" mashinalari “variant“da! Oyma-oy pulini berib turishi kerak. Balki aksar mashina egalari bu vaziyatda pul olmas, lekin hammasi ham emas. Ikki nafargacha farzandini kundalik daromad topish orqaligina shartnoma pullarini to'layotgan ota va onalar bor. 1 xonalik uyda 5-6 kishi yashaydigan oilalar bor. Tasavvur qilyapsizmi, ular uchun karantinni tugashi qanchalik muhim ahamiyatga ega? 


Bu Italiyada koronavirus bilan kurash olib borib, yakunda vafot etgan shifokorlar. Endi shu mayus ko'zlar o'zimizniki bo'lishini o'ylab ko'ring. SHifokorlar, milliy gvardiya, ichki ishlar, Davlat xavfsizlik xizmati vakillari, bir qancha ko'ngilli volontyorlar, kelayotgan mijozi kasalmi yo'qmi, bilmay hayotini xavfga qoldirgan sotuvchilar. SHu insonlarni ham uyida kutayotgan oilasi bor. Masuliyatni butun xalq bo'lib his qilishimiz kerak.


Bizning viloyatga, bizning qishloqqa kirib kelmadi bu deganlar. Yaqin-yaqingacha olis Xitoydan O'zbekistonga ham kirib kelmagan edi. Aholining vaziyatga to'g'ri baho bera olmayotganligi, hukumatning ishini ikki karra og'irlashtiryapti. Virusni qanchalik tez engsak, bu ertangi kunimiz uchun shunchalik yaxshi. Yaqin kunlarda dehqonlarning ishi aynan qizishi kerak. Ammo karantin tufayli bizga bir yilga etib beradigan hosilga to'liq ega bo'lmasak, buning oqibatlari nima bo'ladi? Hozir qo'lida 3-4 so'mi borlar uyda o'tira olmayapti. Mahallasida 3-4 kishi to'planib, berkitib osh qilayotganlar ham yo'q emas. Nima, uyingizdan ilon chiqqanmi?


O'tiring uyingizda, bu dardning cho'zilishi, ertaga Sizning ham iqtisodiyotingizga tasir qiladi. Bu eng yaxshisi, eng yomoni nimaligini hamon tushunmaganlarga qo'pol qilib bo'lsa-da aytaman, ota — onang, yoki boshqa biron yaqiningni janozasini bir o'zing o'tkazib kelasan. Mana shu kerakmi Senga?


O'tiring uyda, etar, bas!



Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика