So’nggi yangiliklar

00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  0 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  5 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  20 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  1 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  6 21:40CAFA Nations Cup. Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  16 21:30CAFA Nations Cup. Бир киши кам бўлиб қолган Ўзбекистон Туркманистонни кичик ҳисобда мағлуб этди  265 20:55Қирғизистон бош мураббийи: "Ғалабамизни ўғирлашди"  5 20:33Топ лигалардан клуб топа олмаган Лукман Туркияга йўл олиши мумкин  0 19:50Расман: "Барселона" ҳимоячиси "Эльче"га ўтди  0 19:19"Байер" "Ал Қодисия" ярим ҳимоячисини 25 млн еврога сотиб олди  0 18:48CAFA Nations Cup. Кейруш бошчилигидаги Ўмон охирги дақиқаларда гол уриб, Қирғизистонни ютиб кетди  39 18:33Ўзбекистон - Туркманистон. Асосий таркибимиз маълум  28 18:33"Қайрат" – "Реал" учрашувига 4-5 минг сайёҳ келиши кутилмоқда  3 18:05"Қайрат"нинг Чемпионлар Лигасидаги ўйинлари Остонада ўтказилиши режалаштирилмаган  1

Balki futbolchi noshukr bo'lgani yaxshiroqmidi... Yangiliklar

Balki futbolchi noshukr bo'lgani yaxshiroqmidi...

General bo'lishni orzu qilmagan askar - askar emas, deymiz. Menimcha, futbolda ham shunday.

Millionlar o'yinidagi istalgan etuk futbolchiga murojaat qilib, u buyuklik pillapoyalarini qanday bosib o'tgani bilan qiziqib ko'rishingiz mumkin. Xudoning o'zi yuqtirgan deganimiz bilan, Messi ham og'ir mehnatsiz bugungi darajasiga eta olmasdi. Biz professional deganda faqatgina katta futbol o'ynadiganlarni tushunib qolganmiz. Aslida muammo shu nuqtadan boshlanadi.

Katta futbolni men ham o'ynay olaman. 20 daqiqa maydonda yugurib berishim mumkin, deylik. Biroq bu bilan professional bo'lib qolmayman. Professional faqatgina mashg'ulotlarga chiqib keladigan, o'yin kuni ko'rinadigan futbolchi emas. Professional doim o'z ustida ishlaydigan sportchidir. Bizda bu kabilar barmoq bilan sanarli ekaniga ishonaman.

Toshkentdagi tungi klublarni, yaxshi bar va pablarni hech ko'zdan kechirganmisiz? Futbolchilarning aksar qismi mashg'ulotdan keyin shunday joylarga oshiqadi. Albatta, xuddi biz kabi bunga ularning ham haqi bor. Biroq xuddi biz kabi hayot kechirayotgan bo'lsa, demak u professional emas. CHekilayotgan sigaretasidan tortib, chilimiga qadar, ichayotganlarigacha uning fizik holatiga halal beradi. Biroq futboldan topayotgan puli bu kabi makonlarda bemalol yurishi uchun etadi.

Bu paytda evropalik futbolchilar o'zidan ortib, alohida fizioterapevt yollaydi. O'yini bor-u, yaxshi turtki etishmayotganlari psixolog qabulida bo'ladi va hokazo. Vitaminizaciya haqida aytamiz, g'arbda, Osiyoning rivojlangan mamlakatlarida bu borada muammo yo'q. Bizning klublar esa shu bosqichga etib ham kelmagan, deydi bazi futbolchilar. Biroq kimlar o'zi uchun kerakli vositalarni o'z cho'ntagidan xarid qiladi? Nega men sotib olishim kerak deb tana qilsa, bir narsa deyish qiyin. U to'g'ri gapni gapiryapti. Biroq shu klubdan keyingi faoliyati-chi? Uning qamrovidan chiqib ketib, yaxshiroq ligalarga yo'l olish uchun tinim bilmaydiganlar bormi oramizda?



SHevchenko “Milan”ga o'tish orzusida tinmay mehnat qilgan, Ronaldu eng zo'ri bo'lamagan degan, Messi boshqa narsalar haqida o'ylagan. Ularning atrofida to'p suradigan oddiy yigitlar esa, hech bo'lmaganda shu kabilar to'xtata olish uchun ham mehnat qilavergan. Ular stadionga muxlislarni o'z o'yini bilan jalb etadi, reklamadan daromad qiladi, teletranslyaciyalar bilan boyish uchun tinim bilmaydi. Biz-chi?

Biz boriga shukr qilamiz, shunday o'rgatishgan. SHukr qilish yaxshi. Qornimiz to'q, ustimiz but, odamlardan yaxshi yashayapmiz. Bu kabi fikrlar bizga yarashadi, sportchiga emas. CHunki Messi 2—3 yil ishlab topgan puliga, umrining oxirigacha yashay olardi. Ammo u to'xtayotgani yo'q. Bizning ayrim futbolchilar esa odamlardan yaxshi yashashyapti va shuning uchun ham o'sishmayapti. Men muxlislar uchun o'ynayotgan sportchilar ko'p ekanligiga katta shubha bilan qarayman. SHuning uchun ham klublar xususiy bo'lmagunicha oldinga qadam tashlashimiz qiyin bo'laveradi deb hisoblayman.

Muallif :
Reyting: +88   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика