

So'nggi xabarlarga ko'ra, 22 yoshli futbolchi tizzasini operaciya qilishi shart emas shu sabab u ushbu haftada “Chelsi”da tibbiy ko'rikdan o'tishi mumkin.
Shunga qaramay, France Football nashrining xabariga ko'ra, Bakoyokoning jarohatidan qutulishiga 8-10 hafta kerak bo'ladi.
Ilgari klublar ushbu futbolchining transferi borasida bir to'xtamga kelishgan. Bakoyokoning transferi 40 million evroga baholangan. Futbolchi londonliklar bilan besh yillik shartnomaga imzo chekadi.



