So’nggi yangiliklar

10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  0 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  0 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  1 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  5 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  4 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  6 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2

Bahrom Norsafarov: “Futbolchilarimiz bo'lajak musobaqaga tayyor” Yangiliklar

Bahrom Norsafarov: “Futbolchilarimiz bo'lajak musobaqaga tayyor”

Xabaringiz bor, shu yilning 1-9 aprel kunlari poytaxtimiz Toshkentda ayollar jamoalari o'rtasidagi Tokio-2020 Olimpiadasi 2-saralash bosqichidan o'rin olgan uchrashuvlar bo'lib o'tadi.

Terma jamoamiz "B" guruhida Vetnam, Iordaniya va Gonkong ayollar terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Ana shu musobaqadan oldin O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Bahrom Norsafarov O'FA Matbuot xizmatiga o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Terma jamoamiz Toshkentda bo'lib o'tadigan Tokio-2020 Olimpiadasi 2-saralash bosqichidan o'rin olgan uchrashuvlarga tayyor. Biz mazkur musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. 18-22 mart kunlari Jizzaxda «Jizzakh women Cup-2019» xalqaro musobaqasi bo'lib o'tdi. Mazkur musobaqadagi ishtirok biz uchun juda katta foyda berdi. Ayniqsa, Qozog'istonning “Biik” jamoasi bilan bo'lib o'tgan o'yinda terma jamoamizning imkoniyatlarini sinovdan o'tkazib oldik. Bu jamoa ayollar o'rtasidagi Evropa CHempionlar ligasi musobaqasida ishtirok etadigan kuchli jamoa. Tarkibida ko'plab legionerlari bor. Garchi ularga qarshi o'yinda mag'lubiyatga uchragan bo'lsak-da, bu o'yin bizga katta tajriba bo'lib xizmat qildi. Jamoamizning bazi kamchiliklarini ko'rib oldik. Biz musobaqada g'olib chiqishni maqsad qilmagandik. Asosiy etibor terma jamoa asosini shakllantirishga qaratilgan. Musobaqa davomida turli taktik uslublarni sinovdan o'tkazdik. Bazi o'yinlarda to'liq ikkinchi tarkib futbolchilarni maydonga tushirib, ularning ham imkoniyatlarini ko'rib oldik.

Musobaqadagi o'yinlarimizning videoyozuvlarini tahlil qilib borib, yo'l qo'ygan xato va kamchiliklarinimizni to'g'irlab borishga intildik.

O'z o'rnida bizga tayyorgarlik uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berayotgan O'zbekiston futbol associaciyasi va Milliy olimpiya qo'mitasiga minnatdorchilik bildirib o'tmoqchiman. Rahbariyat doimo biz bilan bog'lanib, xabar olib turibdi. Biz uchun kerakli bo'lgan barcha narsalar muhayo qilingan. Ochig'i, ayollar futboliga bu qadar katta etibor qaratilganini oldinlari ko'rmaganman. Biz ham mana shu etiborga yarasha saralash bahslarida muvaffaqiyatli qatnashib, muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz.

Guruhdagi raqiblarga keladigan bo'lsak, barchasi kuchli raqiblar. Vetnam terma jamoasi ortiqcha tarifga muhtoj emas. Gonkong va Iordaniyaga qarshi o'yinlar ham oson bo'lmasligi aniq. Ammo biz barcha o'yinda faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz.

Hozirda raqiblarimiz o'yinlarini ham tahlil qilib chiqmoqdamiz. Vetnam Myanmaga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazib, har ikkisda g'alaba qozondi. Bu o'yinlarni tahlil qilish orqali raqibning ojiz nuqtalarini topishga harakat qilamiz.

Biz 5 oy davomida selekciya ishlarini olib bordik. Eng kuchli futbolchilarni safga jalb qildik. Hozirda 21 nafar futbolchi biz bilan mashg'ulotlarda ishtirok etyapti. Kecha “CHig'atoy” futbol maktabi tarbiyalanuvchilariga qarshi nazorat o'yini o'tkazdik. Hozirda O'FA Ilmiy-texnik departamenti rahbari SHamil Iseev boshchiligidagi mutaxassislar mazkur o'yin videoyozuvini o'rganib, har bir futbolchining texnik-taktik harakatlarini tahlil qilib chiqishmoqda. Keyin ular menga to'liq hisobotni topshirishadi. SHundan kelib chiqib, tarkibdagi futbolchilarning imkoniyatlari bo'yicha yana ham aniqroq xulosaga ega bo'lamiz.

Oldinda bizni muhim bahslar kutib turibdi. Ushbu uchrashuvlarda chiroyli o'yin ko'rsatib, ijobiy natija qayd etishga hamda bizga bildirilayotgan ishonchni oqlashga harakat qilamiz”, - dedi Bahrom Norsafarov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика