So’nggi yangiliklar

15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  0 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  2 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  9 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  8 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  8 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  15 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4

Bahrom Norsafarov: “CAFA U-23 Women’s Championship-2019” musobaqasida mazmunli o'yin namoyish etishga urinamiz Yangiliklar

Bahrom Norsafarov: “CAFA U-23 Women’s Championship-2019” musobaqasida mazmunli o'yin namoyish etishga urinamiz

Oldin xabar berganimizdek, ertadan Tojikistonda “CAFA U-23 Women’s Championship-2019” musobaqasi start oladi.

Unda O'zbekiston,  Afg'oniston,  Eron,  Qirg'iziston,  Tojikiston hamda Turkmaniston olimpiya terma jamoalari g'oliblik uchun bahs olib borishadi.

Bugun musobaqa oldidan matbuot anjumani o'tkazildi. Unda O'zbekiston terma jamoasi ustozi Bahrom Norsafarov quyidagicha fikr bildirib o'tdi:

- OFK, CAFA (MOFA) hamda mezbon Tojikistonga bunday musobaqa tashkil etilayotgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Bizda yaqindagina milliy chempionat yakunlandi. Futbolchi qizlarimiz ayni damda yomon sport formasida emas. Faqatgina bir necha nafar muhim o'yinchilarimizning jarohat olishgani biroz dilni xira qiladi. Lekin biz musobaqaga olib kelgan 18 nafar futbolchi qizlarning aksariyati, shuningdek, bir vaqtning o'zida milliy terma jamoamiz azolari ham hisoblanishadi. Qolaversa, tarkibimizda U-19 terma jamoamiz azolari ham bor. Ularga ushbu turnirda o'zlarini ko'rsatish imkoniyatini taqdim etamiz. Raqiblar haqida gapiradigan bo'lsam, qo'shni mamlakatlar terma jamoalari bilan yaqindagina Qirg'izistonda o'tgan "Umid kubogi"da to'qnash kelgan edik. Endi ushbu musobaqada ham chiroyli va muxlislarga manzur bo'ladigan o'yin namoyish etishga urinamiz, - dedi mutaxassis.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика