So’nggi yangiliklar

07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  0 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  2 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0

Bahrom Haydarov: “Xotirjamlikka berilmaymiz” Yangiliklar

Bahrom Haydarov: “Xotirjamlikka berilmaymiz”

“Neftchi” – “Nasaf” (3:1) bahsidan so'ng farg'onaliklar bosh murabbiyi Bahromjon Haydarov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi

- Ikkinchi bosqichdagi o'yinlarimiz ichidagi eng qiyin bahslardan birini o'tkazdik. “Nasaf”ga qarshi bellashuv og'ir o'tishini yigitlarga anchadan beri aytib kelardim. Qarshi jamoasini etakchi futbolchilar tark etgan bo'lsada, baribir kuchli jamoa deb hisoblayman. Qo'lga kiritilayotgan ketma-ket g'alabalarimiz futbolchilarning mashg'ulotlardagi mehnatlari mahsulidir. Agar shu ruhda davom etsak, “Neftchi” yanada kuchli o'yin namoyish qiladi. G'alaba bilan barcha farg'onalik muxlislarni tabriklab qolaman. SHuningdek, mamlakatda “Neftchi” jamoasiga befarq bo'lmagan ishqibozlarni ham ushbu muvaffaqiyat bilan qutlashni istardim.

- “Nasaf”ni mag'lub etishning siri nimada bo'ldi?
- Xar bir o'yinga jiddiy tayyorlanyapmiz. Raqibni yaxshilab o'rganib chiqdik.  “Nasaf” jamoasiga xurmat saqlagan holda shuni aytamanki, bu jamoaning ham o'ziga yarasha kuchsiz nuqtalari mavjud. Biz mana shunday kamchiliklardan unumli foydalanishga urindik. Bugun omad biz tarafda bo'ldi. “Nasaf”ning keyingi o'yinlarida omad tilayman.

- “Neftchi” jamoasida yaxshi o'zgarishlar kuzatyapmiz. Yani jamoa oldinga dadil qadam tashlamoqda.
- Xotirjamlikka berilmaymiz. SHu ruhda davom etmoqchimiz. Hali Superligada qolish uchun hamma ishni to'liq amalga oshirganimiz yo'q. Hozir chempionatda jon saqlab qolish uchun ilk qadamlarni tashlayapmiz. Qachonki, Superligada o'z o'rnimizni rasman saqlab qolsak xotirjam bo'lishimiz mumkin.SHogirdlarimdan ham xotirjamlikka berilmaslikni talab qilaman.

- Tarkibni nimani evaziga tanlayapsiz?
- Qo'l ostimda bir xil kuchga ega 20 nafar futbolchi bor. Yigitlarni qaysi biriga imkoniyat bersam, maydonga chiqib ishonchimni oqlayapti. Ularga katta rahmat! Deyarli xar bir futbolchimizni asosiy tarkibga loyiq deyish mumkin. Masalan o'tgan turning eng yaxshi darvozaboni Abdujalilov bu turda dam oldi. Uning o'rniga Abdullaevga imkoniyat berdik va u ham o'zini ko'rsatdi.

- Avazbek O'lmasaliev mavsum boshidan beri deyarli xar bir chiziqda o'ynab chiqdi. O'ylashimizcha, unda hujumkorlik qobilyati kuchliroq. Balki uni hujumchi sifatida ham sinab ko'rarsiz?
- Himoyadan hujumga qo'shilib gol ursa yaxshi emasmi ? Himoyachi sifatida gollar urib tursa, xar taraflama o'sadi deb o'ylayman. Ranjitgan tarafi, Avazbek bugun biroz jaroxatlandi. Umid qilamanki, tez orada yana safimizga qaytadi.  O'lmasaliev juda yosh va iqtidorli ijrochi hisoblanadi. U kelajakda terma jamoa uchun ham yaxshi saviyadagi futbolchi bo'lib etishib chiqadi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика