Bahrom Haydarov: "Vazifamiz – jamoani Superligada saqlab qolish"
20 noy 2021 19:03
Yangiliklar
Bahrom Haydarov: "Vazifamiz – jamoani Superligada saqlab qolish"
- O'yin haqida
- Avvalo, "Bunyodkor" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Oldimizdagi vazifani bajarishimiz lozim, shu tufayli bir ochko ham biz uchun tillaga teng. O'yinga kelsak, hech bir futbolchimizga etiroz yo'q. Xatolarni ko'rib chiqamiz, bizni "Mashal" bilan muhim o'yin kutmoqda.
- Klubga "Eriell" kompaniyasi homiylik qilishi haqida gap-so'zlar tarqaldi. Bundan xabaringiz bormi?
- Xabarimiz bor. Ular keyingi mavsumdan homiylik qilishsa kerak. Hozir birinchi o'rindagi vazifamiz – jamoani Superligada saqlab qolish.
- Superligada jon saqlash ilinjidagi klublar jamoalar sonini 16 taga etkazish tarafdori. Ular bu bo'yicha xat yo'llashayotgani haqida malumotlar bor. SHular orasida "Surxon" ham bormi?
- Bundan xabarim yo'q. Fikrimcha, futbolchi uchun qancha ko'p o'yin bo'lsa, o'zini ko'rsatishiga shuncha imkoniyat tug'iladi. Bu yaxshi bo'lardi, mutaxassislar ko'rib chiqishsa kerak.
Fikrlar