So’nggi yangiliklar

19:33Остон Ўруновдан рекорд!  1 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  2 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  0 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  4 17:16Расман: Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё Кубогига чиқди!  22 17:08Ўзбекистон Эрон устидан қийин ғалабага эришиб, CAFA мусобақаси ғолибига айланган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  2 16:56U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластинни қийинчилик билан мағлуб этди  57 16:36"Бухоро" "Навбаҳор" билан ўйинни уйида ўтказади  3 16:15МТЖ дарвозабонлар мураббийи: "Кападзенинг шартномасини билмайман, аммо мураббийлар штабининг шартномаси ЖЧ-2026 якунига қадар амал қилади"  5 15:47Эрон терма жамоаси мураббийи: "Бош ҳакамнинг қарорлари фақат Эрон зарарига бўлди. Қирғизистон ҳам ҳакамдан жабр кўрганди"  24 15:19Меҳди Тареми: "Ёмон воқеалардан сабоқ олиш сизни ривожлантиради"  14 14:51Тонали Гаттузо ҳақида: "У менга айтган ҳамма нарсани қадрлайман"  2 14:23Ла Лигада август ойининг энг яхши мураббийи маълум  0

Bahrom Haydarov: “Tarkibimizni tajribali o'yinchilar bilan kuchaytiramiz” Yangiliklar

Bahrom Haydarov: “Tarkibimizni tajribali o'yinchilar bilan kuchaytiramiz”

Matbuot anjumanining navbatdagi qismida “Neftchi” jamoasi bosh murabbiyi Bahrom Haydarov va jamoa sardori SHukurali Po'latovlar ishtirok etishdi.

Bahrom Haydarov: - Bugungi o'yinga tuzgan rejamizni futbolchilarimiz bajarishdi. Ikkinchi raqamda harakat qilgan bo'lsak ham, qarshi hujumlarda yaxshi harakat qildik. Gol urish uchun imkoniyatlarga ham ega bo'ldik. Ammo bu bizga nasib qilmadi. O'yinning oxirida penaltidan gol o'tkazib yuborish, hamma murabbiy uchun alamli bo'ladi. Futbolchilarimizga doim takidlaymiz, o'yin hakamning so'nggi hushtagi chalinguncha o'ynalishini. O'zlaringiz guvoh bo'ldilaringiz, hatto so'nggi soniyalarda ham bizda gol urish imkoni bo'ldi. “Nasaf”ni bugungi g'alaba bilan tabriklayman. “Nasaf” poydevori baquvvat klub, bu jamoadan etakchi o'yinchilar tark etganda ham, o'rnini boshqa o'yinchilar to'ldirib kelaveradi. O'yinchilar ketgani bu jamoani hech qachon kuchsizlantirib qo'ymaydi. Bunda murabbiyning ham olib borayotgan ishi sabab deb, o'ylayman. Jamoaning keyingi omadsizligi bu vaqtinchalik, hali “Nasaf” o'z so'zini aytadi. Jamoamizdagi mavjud o'yinchilarimiz qo'ldan kelgancha o'yin namoyish etishayapti. Mana transferga yaqin qolmoqda. Jamoamizni kuchaytirish uchun rejalar tuzganmiz va albatta buni amalga oshiramiz. Maqsadimiz, tajribali futbolchilar bilan jamoamizni kuchaytirmoqchimiz. Bizga endi ortga yo'l yo'q.


SHukurali Po'latov: - Bugun “Nasaf”ga qarshi biz uchun qiyin o'yin bo'ldi. Jamoadoshlarim murabbiyimiz ko'rsatmalari bo'yicha harakat qilishdi. Qo'ldan kelgancha o'ynadik. “Nasaf” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Albatta yo'l qo'ygan xatolarimiz ustida ishlaymiz. Keyingi o'yinlarga yaxshiroq tayyorgarlik ko'ramiz.

Reyting: -19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика