So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  2 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  7 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  5 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  3 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Bahrom Haydarov: "Raqib ham, biz ham yutqazishga haqqimiz yo'q edi" Yangiliklar

Bahrom Haydarov: "Raqib ham, biz ham yutqazishga haqqimiz yo'q edi"

Coca-Cola Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Turon" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.



O'yin haqida

- "Surxon" muxlislarini uzoq kutilgan g'alaba bilan tabriklayman. Bugun turnir jadvalida yonma-yon turgan jamoalar to'qnash kelishdi. Bu kabi o'yinlar qiyin kechadi. Ular ham, biz ham yutqazishga haqqimiz yo'q edi. SHu sababli har ikki jamoa maydonda borini berib harakat qildi.

Birinchi bo'limda bir oz tashabbusga ega bo'lib turgandik. Ikkinchi bo'limda har ikki jamoa gol urish uchun o'ynadi. SHuni hisobiga har ikki jamoada ochiq xududlar va golli vaziyatlarga yuzaga kela boshladi. Bu kabi o'yinlarda imkoniyatdan foydalangan jamoa yutib ketadi. Omad bizga kulib boqdi. Ehtiyotkorlikni yo'qotishga haqqimiz yo'q, so'ngi daqiqalarda raqib hisobni tenglashtirib qo'yishi mumkin edi.

- "Surxon" hujumkor ruhda o'ynayotgan bo'lsa gollar soni kam. Bu borada ish olib borilayaptimi?

- Alohida har bir xolat bo'yicha ishlaymiz. Mashg'ulotlarda gol kiritish bo'yicha turli uslublarni sinovdan o'tkazamiz. O'yinga chiqqan futbolchi ruhiy jihatdan tayyor bo'lishi kerak. Mashg'ulotda 5 ta vaziyatdan 5 ta gol ursa, o'yinda ura olmayapti. Tarkibimizda Superliga tajribasiga ega futbolchilar kam. Lekin quvontirgan jihati har bir maydonga chiqqan futbolchi borini berib harakat qilayapti. Keyingi o'yinlarda ham maqsadimiz yo'lida harakat qilamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика