So’nggi yangiliklar

12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  2 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  1 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  4 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  10 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  6

Bahrom Haydarov: "Pley-offda o'ynaydigan 4 ta klub ham Superligada qolsa kerak" Yangiliklar

Bahrom Haydarov: "Pley-offda o'ynaydigan 4 ta klub ham Superligada qolsa kerak"

"Qo'qon-1912" - "So'g'diyona" (2:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida qatnashdi.

"Bugungi g'alaba bilan muxlislar va rahbariyatni tabriklayman. Aslida boshqacha tabriklashni xohlagandim, afsuski hali rasman Superligada qolish vazifasini bajarmadik. Lekin nima bo'lsa ham uydagi g'alaba muxlislarga quvonch bag'ishladi deb o'ylayman.

Uchrashuv boshidan raqibga bosim qildik, chunki bizga g'alaba zarur edi. Qizil kartochka "So'g'diyona" rejalarini buzgandek ko'rindi, ammo bu chetlatish aynan bizning bosimimiz tufayli bo'ldi. 10 kishi bo'lsa ham raqib safida Doriev, Jaloliddinov va Qahramonov kabi kuchli ijrochilar bor edi. Birinchi taymdagi vaziyatlardan foydalanganimizda bahs bunchalik asabiy o'tmasdi. Ikkinchi goldan keyin bugungi o'yinga qo'shilgan vazifani bajardik.

Raqib kamchilikda qolganidan keyin bizga osonroq bo'lganini tan olaman. Hujum paytida bo'sh zonalar ko'proq bo'ldi.

Pley-offda o'ynaydigan barcha jamoalar o'tgan yil Pro ligadan chiqqandi? Faqat "Xorazm" birinchi davrada ko'proq ochko oldi, ikkinchi davrada qolgan uchta klub yaxshi o'ynadi. "Qo'qon-1912" ikkinchi davrada ochko yig'ish bo'yicha 4-o'rinni oldi. Bu yilgi Pro liga bilan o'tgan yilgi Pro liganing farqi juda katta. Shu sabab "Aral"ga hurmat saqlagan holda aytamanki pley-offda o'ynaydigan barcha 4 ta klub ham Superligada qolsa kerak", - dedi Bahrom Haydarov.



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика