So’nggi yangiliklar

21:48Элит ОЧЛ. "Ал Гарафа" - "Пахтакор" 1:0 (МАТНЛИ ТРАНСЛЯЦИЯ)  75 21:31Виллиан АПЛ клубига эркин агент мақомида ўтади  0 21:13Мбаппе ва Беллингем Кубок доирасида "Леганес" билан ўйнамайди. "Реал" ўйинчиларга "Атлетико" ва "Ман Сити" билан ўйинлар олдидан таътил берди  9 20:58Назорат ўйини. "Сурхон" ва Россиянинг "Рубин" жамоалари ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  4 20:41Расман: "Милан" Феликсни "Челси"дан мавсум сўнггига қадар ижарага олди  4 20:35Назорат ўйини. "Навбаҳор" Дубайда Арманистон жамоасига мағлуб бўлди  13 19:57МЮ энг яхши ҳужумчисини қўйиб юборди – уларнинг ҳужуми "Чемпионшип" даражасида. Зиркзе клубга муносиб эмас, Гарначо ҳам яхши ҳолатда эмас, Хойлунд – тўпурармас"  2 19:21U-17 Осиё кубоги учрашувларини қабул қилувчи стадионлар маълум  0 18:56Трент Александер-Арнолднинг жароҳат даражаси маълум бўлди  2 18:28"Хоразм" янги мавсумга Туркияда тайёргарлик кўради  0 17:55Элдор Шомуродов янги мавсумда Карло Анчелотти билан бирга ишлаши мумкин  8 17:04Расман: Рустам Турдимуродов янги мавсумни ҳам "Андижон"да ўтказади  1 16:32Роналду: "Бернабеу"дан кўра, "Камп Ноу"да гол уришни кўпроқ ёқтирардим"  33 15:50Ўртоқлик учрашуви. "Қизилқум" - "Арал" 3:3  2 15:20Ҳар ишда бир ҳикмат бор  17

Bahrom Haydarov: "Paxtakor" bilan Termizda o'ynaganimizda juda yaxshi bo'lar edi" Yangiliklar

Bahrom Haydarov: "Paxtakor" bilan Termizda o'ynaganimizda juda yaxshi bo'lar edi"

Superliganing 11-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Paxtakor" (0:4) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Bahrom Haydarov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin boshidan tezkor gol o'tkazib yubordik. Natijada raqibda o'ziga ishonchi ortdi va bahsni erkin nazorat qildi. Biz buni bilgan holda ilk daqiqalarda ehtiyotkor o'ynashimizni takidlagandik. Ikkita goldan so'ng mezbonlar o'yin tiznini qo'liga oldi. Vaziyatlardan foydalanishimiz kerak. Bunday bahslarda vaziyatlardan foydalanmaslik qimmatga tushadi. Agar ochko olishni istasak "Paxtakor"ga o'xshagan raqiblar bilan o'yinda bitta imkoniyatdan ham gol urishimiz lozim. Ikkinchi bo'lim birinchisiga o'xshash bo'ldi. Qanotlardan to'p o'tkazib yubordik. Tayyorgarligimiz yaxshi bo'lmagani ham qaysidir manoda tasir qildi",- deydi Bahrom Haydarov.

- Avvalgi o'yinlarda "Surxon" himoyada juda zich o'ynayotgandi. Bugun shu narsa ko'zga tashlanmadi...
- 0:1 hisobidan so'ng uni ushlab qolish uchun harakat qilmaysiz. Oldinga ochilishimizga to'g'ri keldi. Natijada orqa chiziqda bo'shliqlar paydo bo'ldi. Kuchimiz etmaganidan orqa chiziqda zichlik hosil qila olmadik.

- Ikkinchi davradagi o'yin qaerda o'tadi?
- Reglament bo'yicha o'yin "Paxtakor" stadionida o'tkazilsa kerak.

- "Surxon" safarda shu vaqtgacha bir ochko ishlagan. Agarda projektor masalasi hal etilmasa keyingi o'yinlarni ham jamoa boshqa maydonda o'tkazishi mumkin...
- "Paxtakor" bilan Termizda o'ynaganimizda juda yaxshi bo'lar edi. Har bir jamoaning o'z maydoni kuch bag'ishlaydi. "Bunyodkor" bilan ham neytral maydonda o'ynaymiz. O'ylaymanki, bu masala tez orada ijobiy hal bo'ladi. Projektor borasida harakat qilishmoqda. To'liq malumotga ega emasman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика