Bahrom Haydarov: "O'z uyimizda ketma-ket ikkinchi o'yinda uchta gol urdik"
19 okt 2018 22:23
Yangiliklar
Bahrom Haydarov: "O'z uyimizda ketma-ket ikkinchi o'yinda uchta gol urdik"
“Neftchi” – “Qizilqum” uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov quyidagicha fikr bildirdi:
- Bugun ancha shakllangan jamoaga qarshi bahs olib bordik. “Qizilqum” jamoasi ancha vaqtdan buyon asosiy tarkib o'zagida katta o'zgarishlar qilmasdan yaxshi o'yin ko'rsatib kelyapti. SHunday raqibga qarshi o'yinni o'z foydamizga hal qilganimizdan mamnunman. SHogirdlarim bugun ancha dadil o'ynashdi. Omad ham bizning tarafimizda bo'lganini ayta olaman. Mana ikkinchi o'yindirki, o'z maydonimizda 3 tadan gol kiritishning uddasidan chiqyapmiz. Sekin-asta hujumchilarimiz ham gol ura boshlashyapti. Bundan juda ham xursandman va bugungi g'alabani farg'onalik asl futbol shinavandalariga bag'ishlaymiz, - dedi murabbiy.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar