Bahrom Haydarov: "O'yinimiz yaxshilanib boryapti"

Xayrulla Xoliqov
29 iyul 2018, 14:40
Kecha bo'lib o'tgan "Metallurg" - "Neftchi" bahsidan so'ng mehmonlar ustozi Bahrom Haydarov o'z fikrlarini bildirdi.

- "Uchrashuv teng kurashlar ostida o'tdi. Ko'plab qulay imkoniyatlarga ega bo'lsak-da, gol urish nasib etmadi. Yakunda alamli gol o'tkazib yubordik. Himoyachimizning qo'pol xatosidan so'ng gol o'tkazdik". 

- "Yigitlar maydonda katta hajmdagi ishni bajarishdi. To'g'ri, yana g'alaba qozona olmadik. Lekin o'yinimiz ancha yaxshilanib boryapti. “Neftchi” chindan ham o'yin borasida O'zbekistondagi yetakchi jamoalardan biriga aylanmoqda. Agar shu ruhda davom etsak, natijalarimiz ham yaxshilanib ketishiga ishonaman, - deydi farg'onaliklar murabbiyi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia