Bahrom Haydarov: "Oltinga teng uch ochkoga ega chiqdik"
03 okt 2021 20:07
Yangiliklar
Bahrom Haydarov: "Oltinga teng uch ochkoga ega chiqdik"
Superliganing 21-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Navbahor" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov fikrlarini bildirdi.
- O'yin haqida
- Jamoamiz nomimdan "Surxon" muxlislariga minnatdorlik bildiraman va g'alaba bilan tabriklayman. Juda qiyin o'yin bo'ldi, chunki hammamizga malum, "Navbahor" tajribali o'yinchilarga ega kuchli jamoa. Yigitlarimiz matonat ko'rsatishdi va oltinga teng uch ochkoga ega chiqdik. O'yinga kelsak, futbolchilarimiz o'zlariga yuklatilgan vazifalarini alo darajada bajarishdi.
- Keyingi turda "Surxon"ni safarda "Turon"ga qarshi yana bir o'ta muhim bahs kutib turibdi...
- "Turon" jamoasi turnir jadvalida bizning raqobatchimiz sanaladi. O'yingacha 12 kun vaqt bor. Yaypan jamoasi o'yinini batafsil o'rganib chiqamiz va astoydil tayyorgarlik ko'ramiz. O'sha uchrashuvda ko'p narsa oydinlashadi.
Fikrlar