Bahrom Hakimov: “Yangi maqsadlar sari ishga kirishdim”
09 iyu 2015 11:00
Yangiliklar
Bahrom Hakimov: “Yangi maqsadlar sari ishga kirishdim”
Yangi bosh murabbiy klubdan olayotgan dastlabki taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
- Avvalambor “Dinamo” jamoasi rahbariyatiga menga ishonch bildirishgani uchun rahmat aytaman. Endi bor imkoniyatimni ishga solib jamoaning manfaati yo'lida kurashamiz. Klubda sharoitlar bor. Albatta, kamchilik hamma jamoalarda ham mavjud. Ammo “Dinamo”da istiqbolli rejalarni amalga oshirish uchun hamma narsa bor. Biz ikkinchi davraga munosib tayyorgarlik ko'ramiz va muxlislarimizni quvontirishga harakat qilamiz. Jamoadagi moliyaviy imkoniyat u qadar yomon emas. Rahbariyat buning uchun barcha choralarni ko'rmoqda. Biz esa katta ishtiyoq bilan tayyorgarlikni boshlayapmiz, dedi – Hakimov.
Takidlash kerakki, ayni paytda murabbiy tarkibdagi o'yinchilarni jamoada saqlab qolishga harakat qilmoqda. Lekin jamoa etakchilaridan biri Aziz Ibragimov “Dinamo”ni tark etdi. Bahrom Hakimov esa tarkibni kuchaytirishi mumkin bo'lgan bir qator futbolchilarni nomzodini ham ko'rib chiqmoqda. Asosiysi, bu mavsumda klub oliy ligadagi mavqeini saqlab qolish uchun kurashadi.
SHuhratbek JO'RAEV.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar