So’nggi yangiliklar

10:48ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ Қирғиз Республикасига қарши кўк либосда ўйнайди  3 10:36Расман: "Истиқлол" стадионида Ўзбекистон кубоги финалига қадар бирорта ўйин ўтказилмайди  4 10:20"Реал" Холандни қандай шароитда сотиб олиши мумкинлиги маълум бўлди  3 09:41"Арсенал" футболчиси фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  3 09:00"Манчестер Юнайтед"нинг энг кўп маош олувчи футболчилари (топ-10) рейтинги тузиб чиқилди  5 08:32Футзал. Куба терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 08:00Мемфис Депай фаолиятини Бразилияда давом эттиради. Футболчининг қанча ишлаб олиши маълум  1 07:25Про лига. Бугун 19-турга старт берилади  1 06:10Миллатлар лигаси. Швейцария - Испания, Испанлар 10 киши бўлиб 9 та зарба беришди ва 4 та гол уришди  1 06:00Миллатлар лигаси. Португалия - Шотландия, Роналду захирадан тушиб баҳс тақдирини ҳал қилди  6 01:47Миллатлар лигаси. Роналду захирадан тушиб Португалияга ғалаба олиб келди, Испания ўн киши бўлиб меҳмонда йирик ҳисоб қайд этди, Хорватия ва Швециядан уйдаги ғалабалар  5 01:02Анасхон Раҳматов: "Терма жамоамизга Жаҳон чемпионати давомида имкон қадар ёрдам беришга ҳаракат қиламан"  2 00:58"Атлетико" футболчиси жароҳати боис Аргентина терма жамоасидан Мадридга қайтади  1 00:30Хосе Венансио Лопес: "Энг муҳими хатоларга йўл қўймаслигимиз керак. Бугун 36 дақиқа давомида тартибли ўйин кўрсатдик"  2 00:05Аббосбек Файзуллаев: "Хато қилган жамоалар Жаҳон чемпионатидан қуруқ қоладиган босқич бошланди"  4

Bahrom Hakimov: "Ashurmatov "Istiqlol"dagi faoliyatimga yordam berishini aytdi" Yangiliklar

Bahrom Hakimov: "Ashurmatov "Istiqlol"dagi faoliyatimga yordam berishini aytdi"

Pro liganing 2-turidan o'rin olgan "Istiqlol" - "Dinamo" (1:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar murabbiyi Bahrom Hakimov o'z fikrlarini bildirdi.





- "Istiqlol"da hali amalga oshiriladigan ishlar ko'p. Farg'ona viloyatida tashkil etilgan "Hokim kubogi" musobaqasida o'ynagan jamoaning tarkibi keyinchalik tashkil etilgan yig'inda tamomila o'zgarib ketgan. Ayrim futbolchilar bilan vaqtida shartnoma imzolanmagan. So'ngi tarkib noiloj xolatda shakllantirilgan. Men "Xorazm" bilan o'yindan keyin barcha futbolchilar bilan individual tarzda suhbatlashdim. Kim qaerda o'ynagan, nima ish bilan shug'ullangan, surishtirdim. SHundan so'ng oz bo'lsa ham kamchiliklar ko'zga tashlandi. Guvohi bo'lganlaringdek, jamoagi hujumchi boshqa klubga o'tib ketgan. "Istiqlol"da oldin Sergey Lebedev, Anvar Berdiev ishlagan. Keyinroq Bahodir SHamsiddinov bosh murabbiy vazifasida ishlagan. Yig'inning oxirgi qismida jamoaga hujumchi kelib qo'shilgan, Malikshoh Rasulov. Keyin chap qanot himoyachisi tarkibga qo'shilgan. Bugun "Istiqlol" yomon o'ynamadi. Uchrashuv davomida ko'rdik, jismoniy jihatdan kamchiliklarimiz bor ekan. Ikki markaziy himoyachining o'yini menga maqul bo'ldi. 4-5 kunda jamoada yangilik qilish qiyin. Yutqazayotgan vaziyatimizda ham uzatmalar orqali o'yin tashkil qildik. Kim qaysi chiziqqa javobgar, kim javobgarlikni zimmasiga oladi, qisqa fursat ichida buni aniq shakllantirib bo'lmaydi. Endilikda nazariy mashg'ulotlar, muhokamalarni o'tkazishni boshlaymiz. Jamoaga chaqirishdi, darrov keldim emas. Avval o'rgandim, klub rahbariyati bilan gaplashdim. Holatni tushunib turgandim. "Istiqlol" xususiy klub, tabiiy xolda moliyaviy imkoniyat yuqori emas. Rahbariyatga aytdim, shartnomalarni ikki yilga mo'ljallab tuzish kerak. Yaxshi futbolchi bormi, ketib qolayapti. Har yili yangi jamoa tuzilaversa, natija bo'lmaydi. Klubning o'zini bazasi bo'lishi kerak. Bosh murabbiy jamoadagi har bir futbolchini bilishi kerak.

- Sizni oxirgi bor "Turon" jamoasidagi faoliyatingizdan bilamiz. Sog'ligingizdagi muammo tufayli Yaypan jamoasidan ketgansiz? "Istiqlol"da ish boshlashingizga nima sabab bo'ldi?

- Klub xomiylari bilan gaplashdim. Avval ham "Istiqlol"dan taklif bo'lgan edi. Oldin jamoaning maqsadi haqida surishtirganman. Jamoaning kelajakdagi rejalari haqida bilib, o'rganib keyin taklifni qabul qildim.

- "Turon" va "Istiqlol" xususiy klublar hisoblanadi. Ularning farqi qanday?

- "Turon"da rahbariyat bilan doimiy maslahat qilib kelaman. Ayni damda klubda infratuzilma yuzasidan islohotlar boshlangan. U jamoadan ketgan bo'lsam ham klub rahbariyati bilan aka-ukadekmiz. Murabbiylarga maslahat bera olmayman, chunki bu etikaga to'g'ri kelmaydi. Qachon futbolchi etishtirib chiqarilsa, klubda natija yuzaga keladi, moliyaviy imkoniyat yuzaga keladi.

- "Istiqlol" rahbariyatiga sharoit borasida talab qo'yasizmi?

- Rahbariyatga bosim yoki talab bilan natija bo'lmaydi. Ulardan shuncha yillik faoliyat davomida futbolchi etishtirib sotganligi haqida so'radim. Bilishimcha, jamoa qishki yig'inda ko'proq suniy maydonga shug'ullangan. Tabiiy maydon suniydan farq qiladi. Birdan tabiiy maydonga o'tib natija qilish qiyin. Buni chorasini ko'ramiz, zaxira maydonlariga chim yotqizamiz.

- "Istiqlol"da ko'p yillar o'ynab kelgan Anvar Hojimirzaev, Rustam Abduhamidov, Umar Adhamzoda kabi futbolchilarni ortga qaytarish rejada bormi?

- "Qo'qon-1912" bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov "Istiqlol"dagi faoliyatimga yordam berishini aytdi. Oldin xato va kamchiliklarni, kuchaytirilishi lozim bo'lgan chiziqlarni ko'rib olaylik. SHundan kelib chiqib jamoaga yangi futbolchilarni taklif etamiz. Bugun chap qanot himoyasida yo'l qo'yilgan xato evaziga gol o'tkazdik. Futbolchilarga biron bir texnik uslubni amalga oshira olmasa etiroz qilmayman. CHunki ularga yoshligida o'rgatishmagan. Yoshlikdan tarbiyalash kerak.

- "Dinamo"da ham ishlagansiz. Bugun sobiq jamoangizga qarshi o'ynadingiz...

- "Dinamo" dekabrda yig'ilgan. Klub tarkibiga jalb etilgan futbolchilar chertib-chertib tanlab olingan. "Istiqlol" yig'in kech boshlangani, murabbiylar almashgani jamoa o'yiniga o'z tasirini ko'rsatadi. Bahodir SHamsiddinovni ham tushunsa bo'ladi. PRO-Ligada raqobat kuchli. Men ham so'nggi vaqtlarda yoshlar bilan ishlayotgan edim.

"Istiqlol"da tartib-intizomni yo'lga qo'yamiz. Murabbiylar shtabini almashtirish rejada yo'q. Birovni bo'shatishdan oldin uning kelajagini ham o'ylash kerak. Menda "A" licenziyasi bor. Avval ushbu licenziya bilan Superligada ham ishlansa bo'lardi.

- Mavzudan tashqari savol. 3 aprel kuni "Nasaf" - "Turon" uchrashuvi bor. Har ikki jamoada ishlagan murabbiy sifatida shu o'yin haqida nimalarni ayta olasiz?

- Men har doim "Turon" bilanman. Fikrimcha bu o'yinda "Nasaf"ning imkoniyati yuqori. Lekin bu futbol, Ismoilovlar o'yinga qanday uslub bilan boradi, buni bilmaymiz. Faoliyatim davomida kubok uchrashuvida bir jamoaga 0:3 hisobida mag'lub bo'lganmiz. Uyda chempionat doirasidagi o'yinda 5:0 yutganmiz. Futbol shunaqa, oldindan biron narsa deyish juda qiyin.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика