Bahrom Abdurahimovni tabriklaymiz!
11 dek 2016 09:31
Yangiliklar
Bahrom Abdurahimovni tabriklaymiz!
Bugun “Nasaf” jamoasining tajribali yarim himoyachisi Bahrom Abdurahimovning tavallud ayyomi kuni. Bahromjon bugun 28 yoshni qarshi oldi.
2015 yildan buyon jamoamiz safida faoliyat yuritib kelayotgan ushbu futbolchimiz, jamoamizning keyingi paytlarda qo'lga kiritgan yutuqlariga salmoqli hissasini qo'shib kelmoqda. Bahrom Abdurahimov shuningdek bu yilgi mavsumda eng ko'p maydonga tushgan o'yinchimiz ham bo'ldi. U chempionat bahslarida 27 marta maydonga tushib, 2168 daqiqa harakat qildi.
Bahrom Abdurahimovning tug'ilgan kuni bilan klubimiz rahbariyati, murabbiylari, futbolchilari va barcha xodimlari nomidan, shuningdek klubimiz muxlislari nomidan ham qizg'in tabriklaymiz! Unga mustahkam sihat-salomatlik, uzoq umr va baxt-saodat tilaymiz. Barcha orzu-istaklari amalga oshishishga tilakdoshmiz.
Tug'ilgan kun muborak bo'lsin Bahromjon!
“Nasaf” PFK jamoasi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar