So’nggi yangiliklar

08:13Райс мухлисларнинг норозилиги ҳақида: "Бу менга ёқмади. Мадуэке ҳали нималарга қодирлигини кўрсатади"  0 01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  16 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  16 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  1 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 20:50"Машъал" Про-лига вакили билан назорат ўйинида 2 тўп фарқидаги ғалабани ушлаб қола олмади  3 20:29"Шўртан" 4 футболчини таркибига қўшиб олганини маълум қилди  2

Bahrom Abdurahimov: Bizga saviyali legionerlar kerak Yangiliklar

Bahrom Abdurahimov: Bizga saviyali legionerlar kerak

Ushbu mavsumda “Andijon” jamoasining eng yaxshi o'yinchilaridan biri Bahrom Abdurahimov bo'ldi.
U birinchilik bahslarida 35 uchrashuvda maydonga tushib raqiblar darvozasini 13 marta ishg'ol etdi. Va albatta “Andijon” jamoasini oliy ligaga chiqishiga munosib hissasini qo'shdi. Kuni kecha Abdurahimov “Futbol ekspress” gazetasiga intervyu berdi.

- Bahrom, “Andijon” o'z muxlislariga bergan vadasining ustidan chiqib oliy ligaga qaytdi. Bu yo'lda qiyinchiliklar ham bo'lgandir?
 - Albatta, qiyinchiliksiz ish bo'lmaydi. Jamoamiz bilan bir yoqadan bosh chiqarib harakat qildib o'z maqsadimizga erishdik. To'g'ri, oson g'alaba qozongan o'yinlarimiz ham bo'ldi, lekin shunday uchrashuvlar ham bo'ldiki, katta kuch sarflashimizga to'g'ri keldi. 1-ligada to'p surib shunga amin bo'ldimki, aslida oson o'yinning o'zi yo'q. Qiyin tomoni shundaki, maydonlarning sifati yaxshi emas, bemalol harakat qila olmaysan. Bir so'z bilan aytganda, yaxshigina mehnatimiz evaziga oliy ligaga qaytdik.

- “Andijon” uchun qaysi o'yinlar qiyin o'tdi deya olasiz?
 - Bizning jamoaga barcha klublar etarlicha qarshilik ko'rsatishdi. Deyarli barcha o'yinlar oson bo'lmadi, ayniqsa o'z maydonimizda “Mashal” va safarda “Qo'qon-1912” jamoalariga qarshi o'yinlar ancha og'ir kechdi. “Mashal”ga qarshi o'yinda alamli mag'lubiyatga uchradik. O'sha bahs 1-o'rin sohibini aniqlab berardi. Biz yutishimiz kerak bo'lgan uchrashuvda mag'lubiyatga uchradik. SHunga qaramay, bu mag'lubiyat hech nimani hal qilmadi va yakunda maqsadimizga erishdik.

- Jamoangiz shu tarkib bilan oliy ligada yaxshi o'yin ko'rsatishiga ishonasizmi?
 - Albatta, ishonaman. CHunki jamoamizning negizini mahalliy o'yinchilar tashkil qiladi. Tarkibga 1-2 nafar mahoratli futbolchilarni taklif qilib, yoshlarga, ayniqsa, o'zimizning yigitlarga imkoniyat berishsa, o'ylaymanki, “Andijon” yaqin yillar ichida yuqori o'yinlar uchun kurashadigan jamoaga aylanadi. Azamat Abduraimov juda yaxshi jamoa shakllantirmoqda va bu tarkib bemalol oliy ligada o'zini ko'rsata oladi.

- Legionerlar jamoaga qanchalik kerak deb o'ylaysiz?
 - Bilasizmi, bu meni o'ylantiradigan savol. Fikrimcha, legionerlar kerak, lekin qanday legioner?.. Mayli kelsin, o'ynasin, o'z o'yini bilan mahalliy futbolchilardan kuchliroq ekanligini har taraflama isbotlab qo'ysin. Xorijdan katta mablag' evaziga kelsa-yu, mahalliy futbolchilar zur o'ynamasa ularni nima keragi bor?! Undan ko'ra andijonlik yoshlarga imkoniyat berilgani yaxshi. Mana, “Bunyodkor”dagi Pishur haqiqiy legionerga xos o'yin namoyish etdi. U 25ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 19 bor ishg'ol etib to'purar bo'ldi. Legioner ana shunday bo'lishi kerak. Qisqasi, bizga ham shunday saviyadagi legionerlar kerak.

- “Andijon”dagi sharoitlar qoniqarli darajadami?

 - Bu borada hech qanday etiroz bo'lishi mumkin emas. Klub rahbariyati barcha sharoitlarni alo darajada yaratgan. Yashash sharoitidan tortib, mashg'ulotlar jarayonigacha hech qanday etiroz yo'q.
 
X.Vasiev suhbatlashdi.  
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика