So’nggi yangiliklar

16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  0 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  7 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  3

Bahriddin Vahobov: To'purarlar bahsida kurashni davom ettiraman Yangiliklar

Bahriddin Vahobov: To'purarlar bahsida kurashni davom ettiraman

Qizilqum jamoasi hujumchisi Bahriddin Vahobov yangi mavsumni ko'tarinki ruhda boshladi. Dastlabki turda u “So'g'diyona” jamoasi posbonini uch bor ranjitib, “xet-trik” muallifi bo'lgandi.
Uchinchi turda konchilar hujumchisi Samarqand dinamochilariga qarshi o'yinda “dubl”ga erishdi. Ayni chog'da Bahriddin oliy liga to'purarlari bahsida beshta gol bilan peshqadamlik qilmoqda.

Kuni kecha surxondaryolik futbolchi ishqibozlarning sevimli veb-sayti championat.asia loyihasi bo'yicha ikkinchi marotaba turning ramziy terma jamoasi tarkibidan joy oldi. Fursatdan foydalanib, mohir hujumchi Bahriddin Vahobov bilan suhbatlashdik.

- Ramziy terma jamoa tarkibidan joy olish juda yoqimli, - deydi Bahriddin Vahobov. - Aslida men uchun gol urishdan ham ko'ra, jamoamning ijobiy natijasi muhim. Jurnalistlarga menga bildirgan ishonch va etiborlari uchun minnatdorchilik bildiraman.

- O'tgan yili “Buxoro” jamoasi tarkibida butun mavsum davomida atigi ikkita golga mualliflik qilgandingiz. Yangi mavsumning ilk uch turida esa besh bor muvaffaqiyat qozondingiz...

-  Ha, o'tgan mavsumda omadim chopmagan edi. Qolaversa, ko'p vaziyatlarda jarohatlar ham pand bergandi. Ko'z tegmasin, bu yilgi mavsumni yaxshi umidlar bilan  “Qizilqum” jamoasida boshladim. Bu jamoa men uchun begona emas. Navoiyda mavsum arafasida tarkibni shakllantirish bo'yicha juda katta ishlar qilindi. Jamoamiz bilan Turkiyada tashkil etilgan o'quv-mashg'ulot yig'inlarida bir qator nazorat uchrashuvlarida maydonga tushdik. “Qizilqum” futbol klubida yaratilgan shart-sharoitlar, ahil jamoa tufayli mavsumni g'alaba bilan boshladik. Hozirgacha raqiblar darvozasiga kiritgan to'plarimda ham barcha jamoadoshlarimning katta hissalari bor, albatta.

- Keyingi paytlarda mamlakatimizda to'purar hujumchilar tanqisligi haqida ko'p gapirilmoqda. Jumladan, terma jamoa tarkibida ham bunga ehtiyoj sezilayotgani sir emas. Bu haqda qanday fikrdasiz?

- Ha, albatta fikringizga qo'shilaman. Ammo yangi mavsumda to'purarlar o'rtasida ham keskin kurash borsa ajab emas. SHaxsan o'zimga kelsak, har qanday vaziyatda o'z jamoamga qo'limdan kelganicha yordam berishga tayyorman. Yaratilgan qulay imkoniyatlarni golga aylantirish uchun bor mahoratimni ishga solaman. Terma jamoa murabbiylar shtabi ichki chempionat uchrashuvlarida o'zini ko'rsatayotgan futbolchilarni etibordan chetda qoldirishmayapti. Yaqinda “Mashal” jamoasi hujumchisi Zohir Qo'ziboev mamlakatimiz bosh jamoasi tarkibida debyut qildi. Demak, o'z jamoangiz tarkibida o'zingizni ko'rsatsangiz, ertami-kechmi albatta sizni ham etirof qilishadi. Milliy terma jamoada to'p surish esa har bir futbolchining katta orzusi sanaladi. SHu bois, keyingi o'yinlarda ham o'zimni ko'rsatish, “Qizilqum”ning g'alabalariga hissa qo'shish uchun bor kuchimni ishga solaman. Bilasiz, jarohat - futbolchining eng katta dushmani! Demak, sog'-salomat bo'lsam, albatta to'purarlar bahsida kurashni davom ettirishga doimo tayyorman.

Co'nggi so'z o'rnida: Bugun mohir hujumchi Bahriddin Vahobovning oilasida quvonchli voqea yuz berdi. Futbolchimizning uchinchi farzandi dunyoga keldi. Vahobovlar oilasini qizaloq bilan tabriklaymiz. Ollohim umri bilan bergan bo'lsin ilohim!!!
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика