So’nggi yangiliklar

22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  1 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинга такрорланмайди деб умид қиламан"  9 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  1 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  5 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  94 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  3 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  6 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  4 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  3

Bahriddin Vahobov: “To'purar bo'lish uchun oxirigacha kurashaman” Yangiliklar

Bahriddin Vahobov: “To'purar bo'lish uchun oxirigacha kurashaman”

Milliy chempionatimizning bu yilgi to'purari kim bo'ladi? Vahobov yoki Sergeev? Etiborlisi bugungi kunga kelib, har ikki hujumchining ham gollari soni 21tani tashkil etmoqda.

Navbatdagi ikki turdan so'ng to'purar nomi malum bo'ladi. Biz esa Vahobovning bu boradagi fikrlari bilan qiziqdik.

- Igor Sergeev jamoasining “Mashal”gar qarshi o'yinidan keyin gollari sonini 21taga etkazib, bu borada sizga tenglashib oldi...
- Ha, kuzatib boryapman.

- Endi qolgan ikki turda jiddiy kurash kechsa kerak?
- Albatta. To'purarlikni saqlab qolish uchun oxirigacha kurashaman va qarab turmayman.

- Nima deb o'ylaysiz, shaxsiy yutuqqa ega chiqish uchun imkoniyatingiz qanday?
- Oldindan bir narsa deyish qiyin. Lekin xarakat qilishim aniq.

- Jamoangizning keyingi o'yinlarida maboda penalti qayd etilsa, 11 metrlik to'pni o'zingiz tepishingiz ham mumkinmi?
- (Kulib) Ko'ramiz. Avval penalti bo'lsinchi. O'yindan ham urishga bor kuchim bilan xarakat qilaman.

- Jamoadoshlaringiz ham to'purar bo'lishingizni istab, yanada ko'maklashib yuborishni aytayotgandir?
- Ha. Jamoadoshlarimning ko'magi butun mavsum mobaynida katta bo'ldi. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildiraman. Umid qilamanki, qolgan o'yinlarda ham golli paslar oshirishadi va bu borada menga yordam beradi.

- CHempionat yakunida to'purarlikni Sergeev ilib ketsa, bu sizga alam qilsa kerak?
- Albatta. Butun mavsum mobaynida deyarli peshqadamlik qilib turib, so'nggi pallada uloqni boy berish har qanday kishiga ruhan o'z tasirini o'tkazmasdan qolmaydi. Keling yaxshi niyat qilaylik va to'purarlik poygasida g'olib chiqay.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика