Bahrayn terma jamoasini OFK kubogi finalida "Nasaf"ga yutqazgan murabbiy boshqaradi
21 fev 2024 01:16
Yangiliklar
Bahrayn terma jamoasini OFK kubogi finalida "Nasaf"ga yutqazgan murabbiy boshqaradi
Avvalroq argentinalik mutaxassis istefoga chiqarilgandi.
Bahrayn futbol associaciyasi Osiyo kubogidan so'ng argentinalik Xuan Antonio Picci bilan shartnomani bekor qildi va uning o'rniga xorvatiyalik mutaxassis Dragan Talajichni terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida elon qildi.
58 yoshli murabbiy bunga qadar Bahrayn terma jamoasida texnik direktor vazifasini bajarib kelayotgandi. SHuningdek, u faoliyati davomida "Al Ittihod", "Kuvayt SK", "Al Faysali" va boshqa bir qator Osiyo klublarini boshqargan.
Eslatib o'tamiz, ushbu mutaxassis OFK kubogi finalida "Quvayt SK" jamoasi bosh murabbiyi sifatida Qarshida "Nasaf" mehmoni bo'lgandi.
Fikrlar