So’nggi yangiliklar

02:02Валижон Раҳимов: "Андижон" ўз ўйинини топиб олади"  2 01:50Жавоҳир Сиддиқов: "Насаф" доимий соврин ютмоқда, бу ҳам ёқимли ҳолат"  1 01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  0 01:10Максим Шацких: "Насаф"дан қўрққанимиз йўқ. Истасангиз мени Хави деб атанг, менга фарқи йўқ"  2 00:42Усмонали Исмоналиев: "Иккинчи бўлимда ҳакамлар қандай ишлаганини тушунмадик. Пенальти йўқ эди"  15 00:27Рўзиқул Бердиев: "Биз Суперкубок ва Кубокда хет-трик қилибмиз-ку. Роналду катта эҳтимол билан бизни сотиб олса керак, биз уни эмас"  2 00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  1 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  7 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  12 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  239 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  10

Bahrayn Jahon va Olimpiada chempioni boshchiligida O'zbekistonga qarshi maydonga tushadi Yangiliklar

Bahrayn Jahon va Olimpiada chempioni boshchiligida O'zbekistonga qarshi maydonga tushadi

Ertaga JCH-2018 saralashi doirasida O'zbekiston - Bahrayn o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi.

Ayni paytda Bahrayn terma jamoasini argentinalik mashhur futbolchi Serxio Batista boshqarib bormoqda. Bu murabbiy haqida o'quvchilarimizga malumot berishga qaror qildik.

Serxio Batista 1986 yil Meksikada bo'lib o'tgan jahon chempionatida g'olib chiqqan. 1990 yilgi Jahon chempionatida Argentina bilan birga finalga qadar etib borgan va mundialda ikkinchi o'rinni band etgan. Faoliyatini asosan Argentina klublarida o'tkazgan va mamlakatning  eng taniqli tayanch yarim himoyachilaridan biri hisoblangan.

Serxio Batista (2-raqamda) JCH-1986 vaqtida

2008 yilgi yozgi Olimpiada o'yinlarida Batista Argentina olimpiyachilarini chempion qilgandi. Ushbu jamoada Lionel Messi, Serxio Aguero, Ezikel Garay, Pablo Sabaleta, Fernando Gago, Ever Banega, Ezikel lavessi, Xuan Roman Rikelme, Anxel Di Mariya, Xaver Maskerano va Serxio Romero kabi futbolchilar o'ynagandi.

Argentina Olimpiada chempioni!


2010 yilgi Jahon chempionatidan so'ng Diego Maradonaning o'rniga Batista milliy terma jamoani boshqargan. Biroq 2011 yilda Argentina o'tkzilgan Amerika Kubogidagi omadsizlik tufayli u istefoga chiqarilgan. O'sha musobaqada Messi boshchiligidagi jamoa chorak finalda to'xtashga majbur bo'lgandi.

2011 yil Xitoy superligasining “SHanxay SHenxua” klubiga boshchilik qilgan. 2015 yildan Bahrayn terma jamoasida ishlab kelmoqda.


Serxio BATISTA
Tug'ilgan sanasi
: 09.11.1962
Tug'ilgan joyi: Buenos Ayres, Argentina
Futbolchilikdagi ampluasi: yarim himoyachi

O'ynagan jamoalari: 1981–1988 “Argentinos Xuniors” 253 (25), 1988–1990 “River Pleyt” 52 (2), 1991 “Argentinos Xuniors” 19 (0), 1992–1993 “Nueva CHikago” 5 (0), 1995–1996 “Tosu Fyuchers” 95 (5), 1997–1999 “Oll Boyz” 60 (1).

Argentina terma jamoasida 1985-90 yillarda 39 uchrashuv o'tkazgan.

Boshqargan jamoalari: 2000 “Bella Vista”, 2001–2003 “Argentinos Xuniors”, 2003 “Talleres”, 2004 “Argentinos Xuniors”, 2004–2005 “Nueva CHikago”, 2007 “Godoy Kruz”, 2007–2010 Argentina olimpiya terma jamoasi, 2010–2011 Argentina terma jamoasi, 2012–2014 “SHanxay SHenxua”, 2015 yildan Bahrayn terma jamoasida.

Erishgan yutuqlari: Argentina chempioni-1984, 1985, 1990, Libertadores Kubogi sohibi-1985, jahon chempioni-1986, yozgi Olimpiada g'olibi-2008.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика