Bahrayn - BAA 1:2. Statistika
15 jan 2015 14:49
Yangiliklar


Bahrayn - BAA 1:2. Statistika
Etiboringizga Bahrayn - BAA (1:2) uchrashuvining statistikasini taqdim etamiz.
Ali Mabhut uchrashuvning 14-soniyasida hisobni ochdi: bu Avstraliyada bo'lib o'tayotgan Osiyo Kubogi-2015ning eng tez goli.
Mabhut BAA terma jamoasining so'nggi 6ta uchrashuvida 8ta gol urdi.
BAA terma jamoasi Osiyo Kubogida ilk bor birinchi ikki o'yinda g'olib bo'ldi.
BAA to'p bilan 60% va undan ortiq egalik qilish bo'yicha turnirda beshinchi bo'ldi.
Umar Abdulrahmon Avstraliyada o'tayotgan Osiyo Kubogi-2015dagi ikkala uchrashuvida ham golga assistentlik qildi.

Fikrlar