So’nggi yangiliklar

17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 17:03"Бани Яс" — "Хорфаккан". Таркиблар маълум  0 16:24"Ньюкасл" — "Челси". Таркиблар маълум  4 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  13 15:40Икки йил аввал еврокубок финалида ўйнаган Италия клуби инқирозга юз тутмоқда  1 15:11Фергюсон МЮнинг 2025 йилдаги энг яхши трансферини айтди  3 14:43"Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани сотиб олиши мумкин  3 14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  3 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  9 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  10 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0

Bahor-2018. Eldor Suyunov va Botirali Ergashev hozircha peshqadam Yangiliklar

Bahor-2018. Eldor Suyunov va Botirali Ergashev hozircha peshqadam

Superligada bahor mavsumi yakuniga etdi. CHempionat avvalgilaridan farq qilayotganini ko'rish mumkin.

Oyning eng yaxshilari haqida gap ketganida eng omadsiz darvozabon sifatida “Paxtakor” posboni Eldor Suyunovni ko'rsatish mumkin. Zero u har oy eng yaxshilikka davogar bo'ldi, biroq birortasida ham zafar qucha olmadi. Martda sovrin “Bunyodkor”ga, aprelda “Qo'qon-1912” klubiga, mayda esa “Navbahor”ga yo'l oldi.

SHunga ko'ra hisob kitob qilinsa, hozircha Botirali Ergashev hisobida umumiy 5 ochko bor. “Navbahor” posboni mart oyida Zuxurovdan keyin ikkinchi bo'lib, 2 ochko ishlab olgandi. Aprelda esa u davogarlar orasida bo'lmadi. Maydagi peshqadamlik esa unga yana 3 ochko berdi.

Eldor Suyunovda ham jamg'arilgan ochkolari soni 5 tani tashkil qilmoqda. Posbon martda uchinchi bo'lgan edi. Keyingi ikki oyda esa O'tkir Yusupov hamda Botirali Ergashev bilan raqobatga engilib, 2 ochko bilan kifoyalandi.


Keyingi o'rinlarni Murod Zuxurov hamda O'tkir Yusupov 3 tadan ochko bilan bo'lib olgan. Sanjar Quvvatov va Evgeniy CHeremisinda mos ravishda 1 tadan ochko bor.

Etibor berib qaralasa, O'zbekiston milliy terma jamoasining so'nggi ikki o'rtoqlik o'yinida Superliganing ilg'op posbonlari darvozani egalladi. Eronga qarshi uchrashuvda Botirali Ergashev ishtirok etgan bo'lsa, Urugvay bilan o'yinga Eldor Suyunov chiqib keldi.

Botirali Ergashev o'sishda davom etishi kerak. Zero uni avgustda Indoneziyadagi Osiyo O'yinlari kutib turibdi. Posbondan hozircha Ravshan Haydarovning umidi katta. U va Eldor Suyunov, shuningdek, 2019 yilgi Osiyo Kubogida ham ishtirok etishlari mumkin. Va albatta, qolgan posbonlar ham o'zlarini ko'rsatishda davom etishlari shart.

Oldinda to'liq yozgi mavsum bor. Xo'sh, endi qaysi darvozabonlar katta sahnada bo'larkin?

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика