So’nggi yangiliklar

10:24Неймар 2013 йилда нима учун «Реал»ни эмас, «Барселона»ни танлаганини тушунтириб берди  1 09:50Клаудио Раньери Довбикнинг ҳолати ҳақида маълумот берди  0 09:21«Арсенал» Германия терма жамоаси аъзосини ёзда текинга қўлга киритиши мумкин  0 08:53Месси келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  10 08:25АПЛдаги мусулмон футболчилардан ташкил топган рамзий жамоа тузилди  1 07:56ОКМКнинг 2025 йилги мавсум учун қайдномаси эълон қилинди  1 07:20Англия кубоги. Асенсионинг дубли «Астон Вилла»ни кейинги босқичга олиб чиқди, Рэшфорддан навбатдаги ассист  4 02:29Бундеслига. "Бавария" иродали ғалаба қайд этди  2 02:10Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ва "Ал Насср" мағлуб бўлди  28 00:44"Челси" ёзда дарвозабонини сотмайди  0 00:15"Реал" жаримага тортилди  29 23:50"Барселона" футболчиси "Палмейрас"га ўтди  3 23:20Антони АПЛнинг бошқа жамоасига ўтиши мумкин бўлганини айтди  3 22:31Аббосбек Файзуллаев "Бавария" қизиқишлари доирасида!  31 22:18Лео Месси: "Парижда бахтли эмасдим"  17

Bahodir SHaymardonov: "G'ijduvon"da moliyaviy muammo yo'q, faqat g'alaba etishmayapti, xolos" Yangiliklar

Bahodir SHaymardonov: "G'ijduvon"da moliyaviy muammo yo'q, faqat g'alaba etishmayapti, xolos"

Pro liganing 3-turidan o'rin olgan "Aral Samali" – "G'ijduvon" (2:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Bahodir SHaymardonov matbuot anjumanida qatnashdi.





"Bugun muxlislar chiroyli o'yin guvohiga aylanishdi. Biz uchun esa juda og'ir o'yin bo'ldi, yigitlar kuchli bosim ostida o'ynashdi. Mag'lubiyatga ko'plab xatolarimiz sabab bo'ldi. Bundan tashqari, hakamlarning ko'pgina qarorlaridan norozimiz. Penalti berilmagani yigitlarga ruhiy jihatdan tasir qildimi, bilmadim", – dedi Bahodir SHaymardonov.  

- "G'ijduvon" klubida moliyaviy vaziyat qanday? 

- Jamoada hech qanday moliyaviy muammo yo'q. Barcha oyliklar o'z vaqtida to'langan. Faqat g'alaba qozonish qoldi, xolos. 

- Bugun "G'ijduvon" g'alaba qozonishi mumkinmidi? 

- Ishtiyoqimiz juda baland edi. Nukusga faqat g'alaba uchun kelgandik. Bosim katta bo'ldi, shekilli. Faqat gol urishni o'ylab himoyani unutib qo'ydik. 

- "Aral Samali" tarkibidan kimni alohida ko'rsata olasiz? 

- Himoyachi, adashamasam 5-raqamda o'ynadi (Temur Masharipov – tahr.). SHu futbolchi jamoa o'yinini boshqarib turdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика