So’nggi yangiliklar

07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  3 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  4 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7

Bahodir Pardaev: "Paxtakor"da muhit juda ajoyib" Yangiliklar

Bahodir Pardaev: "Paxtakor"da muhit juda ajoyib"

Jamoamizga ikkinchi davrada qo'shilgan Bahodir Pardaev 7 gol urib, chempionlikka munosib hissa qo'shdi.
Oliy ligada har 85 daqiqada to'p kiritgan hujumchi chempionatda bir golni urish uchun o'rtacha eng kam vaqt sarfladi. Bahodir klub ofisiga tashrif buyurib, savollarga javob berdi.

- Jamoaga tez ko'nikib ketaman deb o'ylaganmidingiz? Ikkinchi davraning o'zida 7 gol urishga erishdingiz.

- To'g'risi, "Paxtakor"da muhit ajoyib ekanligi menga qo'l keldi. Avval o'zim o'ynagan jamoalarda bunday holatni ko'rmagandim. Futbolchilar o'zaro ko'p muloqotda bo'lishadi va barcha o'zini erkin his qiladi. Kerak paytda murabbiylar ham yordamini ayamaydi. SHuningdek, "Bunyodkor"da men bilan birga o'ynagan Anvar Soliev jamoaga ko'nikishimda katta yordam berdi. Anvar aka bilan "Paxtakor"ga o'tishdan avval maslahatlashganimda u menga ikkilanmasdan o'tishim kerakligini aytgandi. Hozircha jamoaviy o'yinga to'liq moslashib bo'ldim deb ayta olmayman. CHunki bunga ko'proq vaqt ketadi. SHunga qaramay, "Paxtakor"ning muhitiga ko'nikib ketdim.  Buning uchun barcha jamoadoshlarimga rahmat aytaman.

- Oliy ligada gol urish uchun eng kam vaqt sarflagan hujumchi bo'ldingiz. Bunga qanday erishdingiz?

- Hujumchining vazifasi gol urish. "Paxtakor" meni o'z tarkibiga qo'shib olayotgan paytda shunchaki yurishim yoki ko'rinishim uchun taklif qilmagan. Hujumchi to'p kiritishi va uchrashuvlarda jamoa uchun o'ynashi lozim. Bildirilgan ishonchni oqlash uchun urindim. CHempionlik uchun kichik bo'lsa-da, hissamni qo'shganimdan xursandman. Bundan tashqari, avval menga imkoniyat berilmagani uchun boshqalarga o'ynay olishimni isbotlashim zarur edi.

- Jamoamizda ikkinchi davrani o'tkazdingiz. Undan qanday taassurotlar qoldi?

- "Paxtakor"ga qarshi o'yinlarda har bir jamoaning bor kuchi bilan harakat qilganini alohida takidlagan bo'lardim. CHempionlik yo'lida eng qiyin bahsni Namanganda o'tkazdik. Mezbonlar bizga har bir holatda jiddiy qarshilik ko'rsatishdi. CHempionatimizda shunday o'yinlar ko'p bo'lsa, bundan futbolchilarga foyda bo'lardi. O'sha kungi g'alaba ruhiyatimizni ko'tarib yubordi. Eng muhim uchrashuvlar sifatida "Nasaf" va "Lokomotiv"ga qarshi bellashuvlarni aytaman. 4 kun ichida ikki kuchli raqib bilan o'ynadik. Ularning ikkalasida ham asosiy raqiblar ustidan zafar quchdik.

- Boshqa jamoalar safida o'ynagansiz. "Paxtakor" ulardan nimasi bilan farq qiladi?

- Birinchi o'rinda jamoa ichidagi muhitning ajoyib ekanligi bilan. Buni oldinroq ham aytib o'tdim. SHuningdek, jamoaviy ruhiyat ham "Paxtakor"da juda yaxshi holatda. Bunda Samvel Babayan va murabbiylar shtabidagi insonlarning hissasi katta. Mashg'ulotlar, o'yinga tayyorlanish va ruhiyatimizni ko'tarib yuborishda ular katta hajmdagi ishni amalga oshirishdi. Bunday ish uslubini "Bunyodkor"ni Ziko boshqargan paytda ko'rgandim. Menejerimiz yoshlar jamoasi ishtirokidagi uchrashuvlarni ham kuzatib, har bir futbolchi haqida zarur malumotga ega bo'lib boradi. Akademiya jamoalariga ham befarq emas. Unga shu tarafdan qoyil qoldim.

- Keyingi mavsum oldingizga qanday maqsad qo'yyapsiz?

- Birinchi navbatda jamoa bilan birga oliy liga va kubokda g'alaba qozonishni, Osiyo CHempionlar ligasida yaxshi natija qayd etishni xohlayman. Hujumchi sifatida esa har bir uchrashuvda to'p kiritish va "Paxtakor" g'alabalariga hissa qo'shishni istayman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика