Bahodir Nasimov: "O'yinda "Obod" ham, biz ham g'alaba qozonishimiz mumkin edi"
27 mar 2016 12:00
Yangiliklar
Bahodir Nasimov: "O'yinda "Obod" ham, biz ham g'alaba qozonishimiz mumkin edi"
"Obod"ga qarshi bahsda dublga erishgan "Bunyodkor" hujumchisi Bahodir Nasimov o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yin qiyin bo'ldi. Barcha ko'rdi. Bu o'yinda raqib ham, biz ham g'alaba qozonishimiz mumkin edi. Hali oldinda javob o'yini bor. Nasib qilsa, o'sha o'yinga yaxshi tayyorlanib, keyingi bosqich masalasini hal qilamiz deb umid qilaman.
"Obod"ning bungacha o'tkazgan o'yinlarni ko'rgandik. "Buxoro"ga qarshi o'yinda ham ular yomon taassurot qoldirishmagandi. Undan keyin "Oq-Tepa" yirik hisobda dog'da qoldirildi. Raqib jamoa yoshlardan iborat. Bir-birlarini yaxshi tushunadilar. SHu sababli, ulardan mana shunday qarshilik kutgandik", - deya o'z fikrlarini yakunladi Bahodir Nasimov.
Fikrlar